QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Sajdah surasi · Oyatсураси · Оят16

تَتَجَافَىٰ جُنُوبُهُمْ عَنِ ٱلْمَضَاجِعِ يَدْعُونَ رَبَّهُمْ خَوْفًا وَطَمَعًا وَمِمَّا رَزَقْنَـٰهُمْ يُنفِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning yonboshlari yotar joydan yiroq bo`lur. Ular Robbilariga qo`rquv va umidvorlik ila duo qilurlar va o`zlariga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qilurlar.Уларнинг ёнбошлари ётар жойдан йироқ бўлур. Улар Роббиларига қўрқув ва умидворлик ила дуо қилурлар ва ўзларига ризқ қилиб берган нарсаларимиздан инфоқ қилурлар.Alauddin Mansour: Ularning yonboshlari oʻrin-joylaridan yiroq boʻlur (yaʼni, tunlarini ibodat bilan oʻtkazishib, oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga qoʻrquv va umidvorlik bilan duo-iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar.Уларнинг ёнбошлари ўрин-жойларидан йироқ бўлур (яъни, тунларини ибодат билан ўтказишиб, оз ухлайдилар). Улар Парвардигорларига қўрқув ва умидворлик билан дуо-илтижо қилурлар ва Биз уларга ризқ қилиб берган нарсалардан инфоқ-эҳсон қилурлар.

416-sahifa · 21-juz · 42-hizb416-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تَتَجَافَىٰyiroq boʻlurйироқ бўлурجُنُوبُهُمْularning yonboshlariуларнинг ёнбошлариعَنِ-dan-данٱلْمَضَاجِعِyotar joydanётар жойданيَدْعُونَduo qilurlarдуо қилурларرَبَّهُمْRobbilarigaРоббиларигаخَوْفًۭاqoʻrquv ilaқўрқув илаوَطَمَعًۭاva umidvorlik ilaва умидворлик илаوَمِمَّاva narsalardanва нарсаларданرَزَقْنَـٰهُمْBiz ularga rizq qilib berganБиз уларга ризқ қилиб берганيُنفِقُونَinfoq qilurlarинфоқ қилурлар
TafsirТафсир

Bunda Allohning oyatlariga haqiqiy iymon keltirgan odamlar xos sifatlari bilan ajralib turishlari yana eslatilmoqda.

«Ularning yonboshlari yotar joydan yiroq boʻlur.»

Mazkur moʻmin bandalar kechalari bedor boʻlib, issiq joylarini tark etib, tahajjud namozi oʻqib, ibodat qiladilar.

Tunlari uygʻonib, namoz oʻqishning fazilatlari juda koʻp. Bu ish oliy maqomga erishgan har bir azizning ishidir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻzlari bu amalni qilganlar va ummatlarini ham tahajjud namozi oʻqishga targʻib etganlar.

«...Robbilariga qoʻrquv va umidvorlik ila duo qilurlar...»

Ular doimo masʼuliyatni sezib turadigan va Alloh taoloning rahmatidan noumid boʻlmaydigan kishilardir. Moʻmin bandalar har doim Allohning azobidan qoʻrqib va Uning rahmatidan umid etib duoda boʻladilar.

«...va oʻzlariga rizq qilib bergan narsalarimizdan infoq qilurlar.»

Yaʼni, faqat maʼnaviy va jismoniy emas, balki moliyaviy ibodat ham qiladilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlarni fazilatli amallarga targʻib qila turib, ushbu oyatni oʻqib dalil keltirganlarini mashhur muhaddis ulamolar koʻp rivoyat qilganlar.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda ulkan sahobiy Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu, jumladan, quyidagilarni aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga safarga chiqqan edim. Bir kuni yurib borayotib, u kishiga yaqinlashdim-da:

«Ey Nabiyulloh, menga meni jannatga kiritadigan va doʻzaxdan uzoqlashtiradigan amalning xabarini bering», dedim. U kishi:

«Batahqiq, ulugʻ narsani soʻrading. Ammo u, Alloh oson qilgan odamga osondir», dedilar. Soʻngra davom etib:

«Allohga ibodat qilasan va Unga hech narsani shirk keltirmaysan. Namozni toʻla-toʻkis ado qilasan. Zakot berasan. Ramazon oyi roʻzasini tutasan. Baytullohga haj qilasan», dedilar. Soʻngra:

«Seni yaxshilik eshiklariga yoʻllab qoʻyaymi?! Roʻza–saqlovchi toʻsiqdir. Sajda xatoni oʻchiradi va kishining tun ogʻushida oʻqigan namozi», dedilar-da, «...yonboshlari yotar joydan yiroq boʻlur» oyatini va (keyingi oyatni) oʻqidilar».

Keyingi oyatda esa, oʻsha sifatli kishilarga beriladigan mukofotlar zikr qilinadi: