QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Sajdah surasi · Oyatсураси · Оят17

فَلَا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَّآ أُخْفِىَ لَهُم مِّن قُرَّةِ أَعْيُنٍ جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, hech bir jon o`zlari uchun qilib o`tgan amallari mukofotiga berkitib qo`yilgan ko`z quvonchlarini bilmas.Бас, ҳеч бир жон ўзлари учун қилиб ўтган амаллари мукофотига беркитиб қўйилган кўз қувончларини билмас.Alauddin Mansour: Bas, ularning qilib oʻtgan amallariga mukofot qilib ular uchun berkitib qoʻyilgan koʻzlar quvonchini (yaʼni, Oxirat neʼmatlarini) biron jon bilmas.Бас, уларнинг қилиб ўтган амалларига мукофот қилиб улар учун беркитиб қўйилган кўзлар қувончини (яъни, Охират неъматларини) бирон жон билмас.

416-sahifa · 21-juz · 42-hizb416-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَاbas, emasбас, эмасتَعْلَمُbilurбилурنَفْسٌۭhech bir jonҳеч бир жонمَّآnarsaniнарсаниأُخْفِىَberkitib qoʻyilganберкитиб қўйилганلَهُمular uchunулар учунمِّن-dan-данقُرَّةِquvonchidanқувончиданأَعْيُنٍۢkoʻzlarкўзларجَزَآءًۢmukofotмукофотبِمَاtufayliтуфайлиكَانُوا۟qilib oʻtganқилиб ўтганيَعْمَلُونَamallariамаллари
TafsirТафсир

Yaʼni, hech bir odam yaxshi amallari evaziga jannatda berkitib qoʻyilgan, koʻzni quvontiradigan mukofotlar borligini idrok qila bilmaydi. Ular, riyo boʻlmasin deb, amallarni kechasida, maxfiy ravishda qilgani uchun, Alloh taolo ham ularga beradigan mukofotini maxfiy qilib, berkitib qoʻygan.

Imom Buxoriy ushbu oyati karima haqida Abu Hurayra roziyallohu anhudan quyidagi rivoyatni keltirgan ekanlar:

«Rusululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo: «Men solih bandalarim uchun koʻz koʻrib, quloq eshitmagan va basharning xotirasiga ham kelmagan narsalarni tayyorlab qoʻydim», degan», dedilar.» «Soʻngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Agar xohlasangiz, «Bas, hech bir jon oʻzlari uchun...» oyatini oʻqinglar», dedi».

Albatta, Allohga iymon keltirib, yaxshi amallarni qilib, yuqoridagi sifatlarni oʻzida jamlagan kishilar mazkur mukofotlarga sazovor boʻladilar.