QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Sajdah surasi · Oyatсураси · Оят23

وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَـٰبَ فَلَا تَكُن فِى مِرْيَةٍ مِّن لِّقَآئِهِۦ ۖ وَجَعَلْنَـٰهُ هُدًى لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik. Bas, sen uning ro`baro` bo`lishidan shubhada bo`lma. Va biz uni Bani Isroilga hidoyat qilib berdik.Батаҳқиқ, Биз Мусога китобни бердик. Бас, сен унинг рўбарў бўлишидан шубҳада бўлма. Ва биз уни Бани Исроилга ҳидоят қилиб бердик.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz Musoga Kitob — Tavrot ato etdik. Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz uning (Tavrotga) roʻbaroʻ boʻlganidan shubha-gumonda boʻlmang. Biz (Tavrotni) Bani Isroil (qavmi) uchun rahbar-yoʻlboshchi qildik.Аниқки, Биз Мусога Китоб — Таврот ато этдик. Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз унинг (Тавротга) рўбарў бўлганидан шубҳа-гумонда бўлманг. Биз (Тавротни) Бани Исроил (қавми) учун раҳбар-йўлбошчи қилдик.

417-sahifa · 21-juz · 42-hizb417-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқءَاتَيْنَاBiz berdikБиз бердикمُوسَىMusogaМусогаٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниفَلَاbas, emasбас, эмасتَكُنboʻlginбўлгинفِى-da-даمِرْيَةٍۢshubhadaшубҳадаمِّن-dan-данلِّقَآئِهِۦ ۖunga roʻbaroʻ boʻlishdanунга рўбарў бўлишданوَجَعَلْنَـٰهُva Biz uni qildikва Биз уни қилдикهُدًۭىhidoyatҳидоятلِّبَنِىٓBani (farzandlari)Бани (фарзандлари)إِسْرَٰٓءِيلَIsroilgaИсроилга
TafsirТафсир

Yaʼni, Biz Musoga Tavrot nomli kitobni berdik. «Bas, sen uning roʻbaroʻ boʻlishidan shubhada boʻlma.» Ushbu jumla maʼnosi haqida tafsirchi ulamolarimiz turli fikrlarni aytganlar; Birlari: bu jumlada Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Isro va Meʼroj kechasida Muso alayhissalomga roʻbaroʻ boʻlishlari aytilgan, deb tushunadilar. Ikkinchilari: Muso alayhissalomning Tavrotga roʻbaroʻ boʻlishlaridir, deb aytadilar. Uchinchilari esa, Musoga kitob berganimizdek, seni ham bir ilohiy kitobga roʻbaroʻ qilamiz, degan maʼnoda tafsir etadilar. Ushbu va shunga oʻxshash boshqa maʼnolarni ham ifoda etish uchun Alloh taolo ayni shu ifodani keltirgan boʻlsa, ajab emas. «Va Biz uni Bani Isroilga hidoyat qilib berdik.» Yaʼni, biz Musoga bergan kitobimiz Tavrotni Bani Isroilga hidoyat mayogʻi etib berdik.