وَجَعَلْنَا مِنْهُمْ أَئِمَّةً يَهْدُونَ بِأَمْرِنَا لَمَّا صَبَرُوا۟ ۖ وَكَانُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا يُوقِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va sabr qilgan paytlarida ulardan Bizning amrimiz ila hidoyatga boshlaydigan peshvolar chiqardik. Ular Bizning oyatlarimizga aniq ishonardilar.Ва сабр қилган пайтларида улардан Бизнинг амримиз ила ҳидоятга бошлайдиган пешволар чиқардик. Улар Бизнинг оятларимизга аниқ ишонардилар.Alauddin Mansour: Ular (oʻz dinlari yoʻlidagi balo-kulfatlarga) sabr-toqat qilishgach, Biz ulardan (odamlarni) hidoyat qiladigan peshvolarni chiqardik. Ular Bizning oyatlarimizga aniq ishonar edilar.Улар (ўз динлари йўлидаги бало-кулфатларга) сабр-тоқат қилишгач, Биз улардан (одамларни) ҳидоят қиладиган пешволарни чиқардик. Улар Бизнинг оятларимизга аниқ ишонар эдилар.
Yaʼni, oʻsha bani isroilliklar Allohning dini yoʻlidagi mashaqqat va qiyinchiliklarga sabr qilgan davrlarda ularning ichidan Alloh Oʻz amri ila boshqalarni hidoyatga boshlaydigan peshvolar chiqardi. Bunda kofir va mushriklardan ozor chekib, qiyin-qistovga tushib turgan musulmonlarni ham sabr qilishga chaqiriq bor.
«Ular Bizning oyatlarimizga aniq ishonardilar.»
Oʻsha peshvo boʻlgan shaxslar Allohning oyatlariga mustahkam iymoni bor kishilar edilar. Shuning uchun ham, sabr qildilar va peshvo boʻldilar. Moʻmin-musulmonlar ham ulardan oʻrnak olib, Allohning oyatlariga aniq ishonsinlar, Iymon–Islom yoʻlidagi qiyinchilik va azob-uqubatlarga sabr qilsinlar.