أَوَلَمْ يَهْدِ لَهُمْ كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّنَ ٱلْقُرُونِ يَمْشُونَ فِى مَسَـٰكِنِهِمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ ۖ أَفَلَا يَسْمَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zlaridan oldin o`tgan, maskanlarida yurib turgan qanchadan-qancha asrlarni halok qilganimiz ularni hidoyatga boshlamadimi?! Albatta, bunda oyat-belgilar bordir. Eshitmaydilarmi?!Ўзларидан олдин ўтган, масканларида юриб турган қанчадан-қанча асрларни ҳалок қилганимиз уларни ҳидоятга бошламадими?! Албатта, бунда оят-белгилар бордир. Эшитмайдиларми?!Alauddin Mansour: Axir ularga (yaʼni, mushriklarga) Biz ulardan ilgari qancha asr-avlodlarni halok qilganimiz va oʻzlari oʻshalarning maskanlarida yurganlari maʼlum emasmi?! Albatta bunda oyat-ibratlar bor-ku! Axir ular anglamaydilarmi?!Ахир уларга (яъни, мушрикларга) Биз улардан илгари қанча аср-авлодларни ҳалок қилганимиз ва ўзлари ўшаларнинг масканларида юрганлари маълум эмасми?! Албатта бунда оят-ибратлар бор-ку! Ахир улар англамайдиларми?!
Oʻsha kofir va mushriklar oʻzlaridan oldin oʻtib halokatga uchragan necha-necha asr avlodlarining maskanlarida yurib , ularning asarlarini koʻrib, qissalarini eshitib turibdilar. Oʻshalar Allohning aytganini qilmay halokatga uchraganlari bularga ibrat boʻlmaydimi?! Ulardan hidoyatga uchraganlari bular uchun dars boʻlmaydimi?! Ularni hidoyatga boshlamaydimi?
«Albatta, bunda oyat-belgilar bordir.»
Oʻtmishda Allohga kufr keltirib, osiylik qilganlarning barchasi halokatga uchraganining oʻzi odamlarga katta ibratdir. Unda Allohning biru borligi, hamma narsaga qodirligi, Oʻziga kufr keltirganlarni halokatga uchratmay qoʻymasligi borasida oyat-belgilar bordir. Axir, ular oʻtgan kofir va osiylarning qissalarini
«Eshitmaydilarmi?!»