أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا نَسُوقُ ٱلْمَآءَ إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلْجُرُزِ فَنُخْرِجُ بِهِۦ زَرْعًا تَأْكُلُ مِنْهُ أَنْعَـٰمُهُمْ وَأَنفُسُهُمْ ۖ أَفَلَا يُبْصِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizning suvni quruq yerga haydab, u bilan chorvalari va o`zlari yeydigan ziroatni chiqarishimizni bilmaydilarmi?! Axir, ko`rmaydilarmi?!Бизнинг сувни қуруқ ерга ҳайдаб, у билан чорвалари ва ўзлари ейдиган зироатни чиқаришимизни билмайдиларми?! Ахир, кўрмайдиларми?!Alauddin Mansour: Axir ular Biz quruq yerga suv haydab, uning yordamida ularning chorvalari ham, oʻzlari ham yeydigan ekinlarni chiqarishimizni koʻrmadilarmi?! Axir qaramaydilarmi?!Ахир улар Биз қуруқ ерга сув ҳайдаб, унинг ёрдамида уларнинг чорвалари ҳам, ўзлари ҳам ейдиган экинларни чиқаришимизни кўрмадиларми?! Ахир қарамайдиларми?!
Quruq, qaqragan yerda hech narsa oʻsmasligi hammaga maʼlum. Xususan, ushbu oyatlar nozil boʻlgan yerlarda yashovchi kishilar bu haqiqatni hammadan yaxshiroq biladilar. Ana oʻsha yerga Alloh taolo suv yubormasa, biror narsa oʻsmaydi. Faqat Alloh taolo suv haydab kelsagina, u yerdan chorvalari va odamlarning oʻzlari tanovul qiladigan oʻsimliklar unib chiqishi mumkin. Shunday ekan, nima uchun Allohga iymon keltirmay, kufr keltiradilar? Boʻlib turgan narsalarni
«Axir, koʻrmaydilarmi?!»