QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Sajdah surasi · Oyatсураси · Оят3

أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۚ بَلْ هُوَ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ لِتُنذِرَ قَوْمًا مَّآ أَتَىٰهُم مِّن نَّذِيرٍ مِّن قَبْلِكَ لَعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki, uning o`zi to`qib olgan, derlarmi?! Yo`q! U sendan oldin o`zlariga hech ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun Robbingdan (kelgan) haqdir. Shoyadki, ular hidoyat topsalar.Ёки, унинг ўзи тўқиб олган, дерларми?! Йўқ! У сендан олдин ўзларига ҳеч огоҳлантиргувчи келмаган қавмни огоҳлантиришинг учун Роббингдан (келган) ҳақдир. Шоядки, улар ҳидоят топсалар.Alauddin Mansour: Balki «Uni (Muhammadning oʻzi) toʻqib olgan», derlar. Yoʻq, u (yaʼni, Qurʼon) sizdan ilgari biron ogohlantirguvchi kelmagan qavmni (Oxirat azobidan) ogohlantirishingiz uchun Parvardigoringiz tomonidan (nozil qilingan) Haqiqatdir. Shoyad ular hidoyat topsalar.Балки «Уни (Муҳаммаднинг ўзи) тўқиб олган», дерлар. Йўқ, у (яъни, Қуръон) сиздан илгари бирон огоҳлантиргувчи келмаган қавмни (Охират азобидан) огоҳлантиришингиз учун Парвардигорингиз томонидан (нозил қилинган) Ҳақиқатдир. Шояд улар ҳидоят топсалар.

415-sahifa · 21-juz · 42-hizb415-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиيَقُولُونَdeydilarmiдейдилармиٱفْتَرَىٰهُ ۚuning oʻzi toʻqib olganунинг ўзи тўқиб олганبَلْyoʻq!йўқ!هُوَuуٱلْحَقُّhaqdirҳақдирمِن-dan-данرَّبِّكَRobbingРоббингلِتُنذِرَogohlantirishing uchunогоҳлантиришинг учунقَوْمًۭاqavmniқавмниمَّآemasэмасأَتَىٰهُمularga kelganуларга келганمِّنhechҳечنَّذِيرٍۢogohlantirguvchiогоҳлантиргувчиمِّن-dan-данقَبْلِكَsendan oldinсендан олдинلَعَلَّهُمْshoyad ularшояд уларيَهْتَدُونَhidoyat topsalarҳидоят топсалар
TafsirТафсир

Shubhasiz, Qurʼon ilohiy kalomdir. Shunga qaramay, baʼzilar uni inkor qiladilarmi?

«Yoki, uning oʻzi toʻqib olgan, derlarmi?!»

Yaʼni, Qurʼonni Muhammad toʻqib olgan, deydilarmi?!

«Yoʻq!»

Ularning bunday tuhmatlari asossiz.

«U sendan oldin oʻzlariga hech ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun Robbingdan (kelgan) haqdir.»

Bu qavm Makka arablari boʻlib, ularga Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan oldin Paygʻambar kelgan emas. Tarixdan Ismoil alayhissalom bilan Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻrtalarida arablardan birorta Paygʻambar oʻtgani maʼlum emas.

Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga haq kitobi–Qurʼoni Karimni nozil qilib, oʻsha qavmni ogohlantirish uchun Paygʻambar etib yubordi. Bu kitob har taraflama haqdir. Undan boshqasi botildir. Alloh taolo ularga zalolatdan qaytishlari, shirkni tark etib, tavhidga, zulmatni qoʻyib, nurga yurishlari uchun bu haq kitobni nozil qildi.

«Shoyadki, ular hidoyat topsalar.»

Toʻgʻri yoʻlga, haq yoʻlga, Islom yoʻliga yursalar.

Endigi oyatda Alloh taoloning oʻsha haq kitobni tushirishga va Paygʻambarlar yuborishga qodir ekanligiga dalil-hujjatlar keltiriladi: