QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Sajdah surasi · Oyatсураси · Оят4

ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۖ مَا لَكُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَلِىٍّ وَلَا شَفِيعٍ ۚ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh osmonlaru Yerni va ular orasidagi narsalarni olti kunda yaratib, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Siz uchun undan o`zga do`st ham, shafoatchi ham yo`qdir. Axir, eslamaysizlarmi?!Аллоҳ осмонлару Ерни ва улар орасидаги нарсаларни олти кунда яратиб, сўнгра (Зоти ва улуғлигига муносиб суратда) Аршга юксалган Зотдир. Сиз учун ундан ўзга дўст ҳам, шафоатчи ҳам йўқдир. Ахир, эсламайсизларми?!Alauddin Mansour: Alloh osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi bor narsani olti kunda yaratib, soʻngra (Zoti va Ulugʻligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. Sizlar uchun Undan oʻzga biron doʻst va oqlovchi yoʻqdir. Axir eslatma-ibrat olmaysizlarmi?!Аллоҳ осмонлар ва Ерни ҳамда уларнинг ўртасидаги бор нарсани олти кунда яратиб, сўнгра (Зоти ва Улуғлигига муносиб суратда) Аршга юксалган Зотдир. Сизлар учун Ундан ўзга бирон дўст ва оқловчи йўқдир. Ахир эслатма-ибрат олмайсизларми?!

415-sahifa · 21-juz · 42-hizb415-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِىoʻsha zotdirkiўша зотдиркиخَلَقَyaratdiяратдиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниوَمَاva narsalarniва нарсаларниبَيْنَهُمَاular orasidagiулар орасидагиفِى-da-даسِتَّةِoltiолтиأَيَّامٍۢkundaкундаثُمَّsoʻngraсўнграٱسْتَوَىٰegalladiэгалладиعَلَىustigaустигаٱلْعَرْشِ ۖarshningаршнингمَاyoʻqdirйўқдирلَكُمsiz uchunсиз учунمِّن-dan-данدُونِهِۦUndan oʻzgaУндан ўзгаمِنhechҳечوَلِىٍّۢdoʻstдўстوَلَاva naва наشَفِيعٍ ۚshafoatchiшафоатчиأَفَلَاaxir, emasmiахир, эмасмиتَتَذَكَّرُونَeslaysizlarэслайсизлар
TafsirТафсир

Osmonlaru yerning olti kunda yaratilishining hikmati va sirlari yolgʻiz Allohning Oʻzigagina maʼlum. Ulamolarimiz bu toʻgʻrida turli fikrlarni aytgan boʻlsalar ham, koʻplari Allohga havola etishni maʼqul biladilar.

«Olti kun» deganda qanaqa muddatni tushunish haqidagi fikrlardan bir chimdimini avvalgi sura tafsirida keltirdik. Ayrim tafsirchilarimiz: u «olti kun» ushbu dunyodagi olti kun bilan teng; agar Alloh xohlaganida, koʻz ochib-yumguncha yaratib qoʻyar edi-yu, ammo bandalariga shoshilmaslikni oʻrgatish uchun shunday qilgan, deyishadi. Boshqa baʼzi tafsirchilar esa: bu kunlarimiz vaqt oʻlchovi sifatida osmonlaru yer yaratilganidan soʻng joriy boʻlgan, hozirgi «kun» deb aytgan vaqt oʻlchovimiz yerning oʻz oʻqi atrofida bir marta aylanish muddatidir, yer yaratilmasidan avval bu oʻlchov qanday boʻlishi mumkin, deydilar. Va yana oyatdagi «kun»ning maʼnosini ham Alloh taoloning Oʻzi biladi, deydilar.

«...soʻngra arshni egallagan zotdir.»

Tafsirchilar va kalom ilmi ulamolari ushbu jumla ustida ham koʻp tortishganlar. Bu «Istava» nomi bilan mashhur boʻlgan masaladir. Xuddi shu maʼno «Aʼrof» surasining ellik toʻrtinchi oyatida va «Yunus» surasida ham oʻtdi.

«Siz uchun Undan oʻzga doʻst ham, shafoatchi ham yoʻqdir.»

Bandaga Allohdan oʻzga kim ham doʻst–valiy boʻlardi?! Bandaga Allohdan oʻzga kim ham shafoatchi boʻlardi?! Axir, osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni yaratgan, arshni egallagan zot Alloh boʻlsa, bandalarga valiy–doʻst u zot boʻlmay, kim boʻlsin? Bandalarga shafoatchi U zot boʻlmay, kim boʻlsin?

«Axir, eslamaysizlarmi?!»

Axir, shu narsalarni oʻylab koʻrmaysizlarmi? Tafakkur qilib koʻrmaysizlarmi?