يُدَبِّرُ ٱلْأَمْرَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ إِلَى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ يَعْرُجُ إِلَيْهِ فِى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُۥٓ أَلْفَ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot osmondan yergacha barcha ishning tadbirini qilur. So`ngra o`sha (ish) miqdori siz sanayotgan hisobda ming yilga teng bo`lgan kunda Unga chiqar.У зот осмондан ергача барча ишнинг тадбирини қилур. Сўнгра ўша (иш) миқдори сиз санаётган ҳисобда минг йилга тенг бўлган кунда Унга чиқар.Alauddin Mansour: U osmondan yergacha boʻlgan barcha ishni tadbir qilib — boshqarib turur, soʻngra (bu ishlarning barchasi) sizlarning hisobingizga ming yilga teng boʻladigan bir kunda (yaʼni, Qiyomatda) Uning Oʻziga koʻtarilur.У осмондан ергача бўлган барча ишни тадбир қилиб — бошқариб турур, сўнгра (бу ишларнинг барчаси) сизларнинг ҳисобингизга минг йилга тенг бўладиган бир кунда (яъни, Қиёматда) Унинг Ўзига кўтарилур.
Yaʼni, Alloh taolo dunyodagi hamma ishlarning tadbirini qilib qoʻygan. Ammo bu ishlar qolib ketavermaydi. Unutilib ham, natijasiz ham qolmaydi. Balki, qiyomat kuni yana Allohning huzuriga chiqadi. Qiyomat kuni, oʻzining dahshati ila, bu dunyoda odamlar sanab yurgan ming yilga teng boʻladi. Ana oʻsha kunni oʻylab ish koʻrish kerak.