QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Sajdah surasi · Oyatсураси · Оят6

ذَٰلِكَ عَـٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَـٰدَةِ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana shu Zot g`oyibniyu hozirni bilguvchi, Aziyzu Rohiymdir.Ана шу Зот ғойибнию ҳозирни билгувчи, Азийзу Роҳиймдир.Alauddin Mansour: Mana shu (Alloh) gʻoyib va hozirni bilguvchi, qudratli va mehribondir.Мана шу (Аллоҳ) ғойиб ва ҳозирни билгувчи, қудратли ва меҳрибондир.

415-sahifa · 21-juz · 42-hizb415-саҳифа · 21-жуз · 42-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَana shu Zotана шу Зотعَـٰلِمُbilguvchiбилгувчиٱلْغَيْبِgʻoyibniғойибниوَٱلشَّهَـٰدَةِva hozirniва ҳозирниٱلْعَزِيزُaziz (gʻolib)азиз (ғолиб)ٱلرَّحِيمُrahiymdirраҳиймдир
TafsirТафсир

Yaʼni, yuqorida aytilgan buyuk ishlarni qilgan Alloh taoloning ilmi ham cheksizdir. U gʻoyibdagi hamma sirlarni ham, hozirni– oshkora barcha narsani ham bilguvchi zotdir. U Alloh aziz–hammadan gʻolib, ustun, qodir va kuchli zotdir.

U Alloh rahimli, mehribondir.