ثُمَّ سَوَّىٰهُ وَنَفَخَ فِيهِ مِن رُّوحِهِۦ ۖ وَجَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَـٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ۚ قَلِيلًا مَّا تَشْكُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra uni rostladi va uning ichiga O`z ruhidan pufladi. U sizlarga quloq, ko`zlar va dillar paydo qildi. Kamdan-kam shukr qilursizlar.Сўнгра уни ростлади ва унинг ичига Ўз руҳидан пуфлади. У сизларга қулоқ, кўзлар ва диллар пайдо қилди. Камдан-кам шукр қилурсизлар.Alauddin Mansour: Soʻngra uni (inson qilib) rostlab, ichiga Oʻz (dargohidagi) jondan kiritdi. U zot sizlar uchun quloq, koʻz, dillarni paydo qildi. Sizlar esa kamdan-kam shukr qilursizlar.Сўнгра уни (инсон қилиб) ростлаб, ичига Ўз (даргоҳидаги) жондан киритди. У зот сизлар учун қулоқ, кўз, дилларни пайдо қилди. Сизлар эса камдан-кам шукр қилурсизлар.
Alloh taolo insonni haqir suvdan paydo qilib:
«Soʻngra uni rostladi...»
Onasining qornidayoq hamma kerakli aʼzolarni berib, mukammal inson holiga keltirib rostladi.
«...va uning ichiga Oʻz ruhidan pufladi.»
Yaʼni, jon kiritdi. Inson uchun bundan ulugʻ sharaf boʻlishi mumkin emas. Yaʼni, Alloh taolo uning ichiga Oʻz ruhidan jon pufladi. Shunga qaramay, Allohga kufr, shirk keltirib, osiy boʻlib, gunohlar qilib yurgan insonlar bor-a?!
«U sizlarga quloq, koʻzlar va dillar paydo qildi.»
Bu narsalarni insonlarga Alloh taolodan boshqa hech kim bera bilmaydi. Dunyoning hammasi toʻplanib, qiyomatgacha urinsa ham, bir odamga qulogʻining bir tarafini yasab bera olmaydi. Dunyoning hammasi toʻplanib, qiyomatgacha harakat qilsa ham, bir odamning koʻzi yoki bir dona kiprigini yarata olmaydi.
«Kamdan-kam shukr qilursizlar.»
Allohning neʼmatlariga juda oz shukr qilasizlar. Koʻproq noshukr boʻlasizlar.
Ha, inson ana shunday, oʻta noshukr maxluqdir. Agar biror tabib xohlaganicha pul olib, bir kishining qulogʻi yoki koʻzidagi xastalikni davolashga sababchi boʻlsa, u kishi tabibdan umrbod rozi boʻlib oʻtadi. Ammo oʻzini ham, oʻsha tabibni ham yaratgan, unga koʻz-quloq va davoni ham bergan Alloh taologa noshukrlik qiladi. Har bir inson avvalo oʻziga boqsa, oʻzidagi aʼzolarini oʻylasa, Allohga iymon va ixlosi ortadi.
Ammo, insonlarning koʻplari asllarini unutadilar. Ana shu unutish oqibatida boshqa xatolarga yoʻl qoʻyadilar. Jumladan: