QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят10

مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلْعِزَّةَ فَلِلَّهِ ٱلْعِزَّةُ جَمِيعًا ۚ إِلَيْهِ يَصْعَدُ ٱلْكَلِمُ ٱلطَّيِّبُ وَٱلْعَمَلُ ٱلصَّـٰلِحُ يَرْفَعُهُۥ ۚ وَٱلَّذِينَ يَمْكُرُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ ۖ وَمَكْرُ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُوَ يَبُورُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kimki izzat istasa, bas, barcha izzat Allohnikidir. Unga xush kalomlar yuksalur va solih amal ko`tarur uni. Makr ila yomonliklar qilganlarga shiddatli azob bordir. Ana o`shalarning makri botil bo`lur.Кимки иззат истаса, бас, барча иззат Аллоҳникидир. Унга хуш каломлар юксалур ва солиҳ амал кўтарур уни. Макр ила ёмонликлар қилганларга шиддатли азоб бордир. Ана ўшаларнинг макри ботил бўлур.Alauddin Mansour: Kim kuch-qudratni istaydigan boʻlsa, bas, barcha kuch-qudrat Allohnikidir. (Har bir) Xush Soʻz Unga yuksalur va yaxshi amalni ham (Alloh Oʻz dargohiga) koʻtarur. Yomon makr-hiylalar qiladigan kimsalar uchun esa qattiq azob bordir va ularning makrlari ham halok boʻlur (yaʼni, behuda ketur).Ким куч-қудратни истайдиган бўлса, бас, барча куч-қудрат Аллоҳникидир. (Ҳар бир) Хуш Сўз Унга юксалур ва яхши амални ҳам (Аллоҳ Ўз даргоҳига) кўтарур. Ёмон макр-ҳийлалар қиладиган кимсалар учун эса қаттиқ азоб бордир ва уларнинг макрлари ҳам ҳалок бўлур (яъни, беҳуда кетур).

435-sahifa · 22-juz · 44-hizb435-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَنkimkiкимкиكَانَboʻlsaбўлсаيُرِيدُistasaистасаٱلْعِزَّةَizzatniиззатниفَلِلَّهِbas, Allohnikidirбас, Аллоҳникидирٱلْعِزَّةُizzatиззатجَمِيعًا ۚbarchaбарчаإِلَيْهِUngaУнгаيَصْعَدُyuksalurюксалурٱلْكَلِمُkalomlarкаломларٱلطَّيِّبُxushхушوَٱلْعَمَلُva amalва амалٱلصَّـٰلِحُsolihсолиҳيَرْفَعُهُۥ ۚuni koʻtarurуни кўтарурوَٱلَّذِينَva oʻshalarkiва ўшаларкиيَمْكُرُونَmakr qiladilarмакр қиладиларٱلسَّيِّـَٔاتِyomonliklarniёмонликларниلَهُمْulargaуларгаعَذَابٌۭazobазобشَدِيدٌۭ ۖshiddatliшиддатлиوَمَكْرُva makriва макриأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarningана ўшаларнингهُوَuуيَبُورُbotil boʻlurботил бўлур
TafsirТафсир

Insonlar bu dunyoda ham, oʻsha qayta tirilish kunida ham izzatni, kuch-qudrat, gʻoliblik, ustunlik va baxt-saodatni izlaydilar. Hamma shunga intiladi. Bu izlanish va intilish tugamaydi. Har kim oʻz yoʻli, oʻz uslubi bilan izlanadi. Ammo biror narsani talab qilishdan oldin uning qayerda ekanini bilib olgan yaxshi.

Xoʻsh, har bir odam bolasi izlaydigan ikki dunyo izzati, baxtu saodati qayerda? Butu sanamlar oyogʻi ostidami? Oyu quyoshning xaziynasidami? Sigirning shoxiga ilib qoʻyilganmi? Yoki baʼzi bir odam bolasining farmoni bilan beriladimi?

«Kimki izzat istasa, bas, barcha izzat Allohnikidir.»

Boshqa hech kim va hech narsaning huzurida zarracha izzat yoʻq. Allohning dargohidan boshqa joyda izzat izlaganlar behuda harakat qiladilar. Kim ikki dunyo izzatini topmoqchi boʻlsa, faqat Alloh taoloning aytganlarini qilsin. Ha, faqat Allohning yoʻlidan yurgan insongina Uning huzuriga yetadi va koʻzlagan izzatni topadi. Yoʻlning yarmida boshqa tomonga oʻtib olsa ham, adashib ketadi.

Allohning huzuriga yetish qanday boʻladi?

«Unga xush kalomlar yuksalur va solih amal koʻtarur uni.»

Yaʼni, Allohga, Uning huzuriga xush kalom yuksalur.

Xush kalom–kalimai shahodat, «alhamdulillah», «subhanallohi», «Allohu Akbar» va zikr, duo, tilovat hamda barcha yaxshi gap-soʻzlardir. Ana oʻsha xush kalomgina Alloh taoloning huzuriga koʻtariladi.

Oyati karimadagi «solih amal koʻtarur uni» deb tarjima qilgan jumlamiz oyat matni boʻyicha bir necha maʼnoni anglatadi.

Birinchisi: Solih amalni Alloh Oʻz huzuriga koʻtarur.

Ikkinchisi: Solih amal xush kalomni Alloh huzuriga koʻtarur.

Uchinchisi: Solih amalni xush kalom Alloh huzuriga koʻtarur.

Bu uch maʼno bir-birini toʻldirib keladi. Alloh taolo Oʻzi qabul qilib, Oʻzi koʻtarmasa, hech qanday solih amal U zotning huzuriga koʻtarila olmaydi. Xush kalom Iymon va Islom kalimasi boʻlishi kerak. Bilaks, hech kimdan hech qanday solih amal qabul boʻlmaydi, Allohning huzuriga koʻtarilmaydi. Shuningdek, xush kalom ortidan solih amal kelmasa, oʻsha xush kalomning oʻzi Alloh huzuriga koʻtarila olmaydi. Shuning uchun ham, Alloh huzuridan ikki dunyo izzatini izlagan odam Allohning Oʻzidan madad soʻragan holida xush kalomni aytib, solih amallarni qilishi lozim.

Imom ibn Kasir «solih amal koʻtarur uni» jumlasi tafsirida keltirishicha, Ali ibn Abu Tolha Ibn Abbos roziyallohu anhudan quyidagilarni rivoyat qiladi: «Xush kalom–Allohning zikridir. Uni Allohga yuksaltirur. Solih amal–farzlarni ado qilishdir. Kimki Allohni zikr qilib, farzlarini ado etsa, uning amalini Allohning zikri Allohning huzuriga olib chiqadi. Kimki Allohni zikr qilib, farzlarini ado etmasa, kalomi amaliga bogʻliq boʻladi».

Shuningdek, Mujohid: «Solih amal xush kalomni koʻtaradi», degan. Abul Oliya, Ikrima, Ibrohim an-Naxaʼiy, az-Zahhok, as- Suddiy, ar-Rabiyʼ ibn Anas, Shahl ibn Hushob va boshqalar ham shu gapni aytganlar. Iyas ibn Muoviya al-Qoziy: «Solih amal boʻlmaganida kalom koʻtarilmas edi», degan. Al-Hasan va Qatoda esa: «Kalom faqatgina amal bilan qabul qilinadi», deganlar.

«Makr ila yomonliklar qilganlarga shiddatli azob bordir.»

Makr-hiyla ishlatib turli yomonliklar qilgan odamlar ham izzat talabida boʻladilar. Oʻsha makrlari, hiylalari va yomonliklari bilan izzatga erishishni istaydilar. Ammo shiddatli azobga yoʻliqadilar.

Chunki, makr ham, hiyla va yomonliklar ham Allohning huzuriga koʻtarilmaydi.

«Ana oʻshalarning makri botil boʻlur.»

Qilgan makr-hiylalarining hammasi botil boʻladi. Birortasi ham oʻtmaydi.

Endigi oyatda insonning yaratilishi haqida gap ketadi: