وَٱللَّهُ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ ٱلرِّيَـٰحَ فَتُثِيرُ سَحَابًا فَسُقْنَـٰهُ إِلَىٰ بَلَدٍ مَّيِّتٍ فَأَحْيَيْنَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ كَذَٰلِكَ ٱلنُّشُورُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh shamollarni yuborgan Zotdir. Bas, ular bulutni qo`zg`atadi. Biz uni o`lik yurt tomon haydab, u bilan yerni o`lib yotganidan keyin tiriltirurmiz. Tirilish ham shunga o`xshashdir.Аллоҳ шамолларни юборган Зотдир. Бас, улар булутни қўзғатади. Биз уни ўлик юрт томон ҳайдаб, у билан ерни ўлиб ётганидан кейин тирилтирурмиз. Тирилиш ҳам шунга ўхшашдир.Alauddin Mansour: Allohning Oʻzi shamollarni yubordi. Bas, ular bulutni qoʻzgʻatgach, Biz uni oʻlik shaharga haydab, uning yordamida oʻlgan yerni tiriltirdik. (Qiyomat qoyim boʻlgan kuni) qayta tirilish ham shuning oʻzidir.Аллоҳнинг Ўзи шамолларни юборди. Бас, улар булутни қўзғатгач, Биз уни ўлик шаҳарга ҳайдаб, унинг ёрдамида ўлган ерни тирилтирдик. (Қиёмат қойим бўлган куни) қайта тирилиш ҳам шунинг ўзидир.
Bu oyatda oʻlganlarni qayta tiriltirishga hissiy dalil bor. Suvsiz yer oʻlik holida yotadi. Oʻlib yotgan yerni koʻrgan odam, unda hayot asari yoʻqligidan, uning tirilishiga ishongisi kelmaydi. Ammo, Alloh taolo shamollarga bulutni haydatib kelib, oʻsha oʻlik yerga yomgʻir yogʻdirsa, darhol yerga jon kiradi. Yer nafas oladi, oʻsimliklari oʻsa boshlaydi.
Oʻlik insonlar ham xuddi shunga oʻxshaydi. Qabrga koʻmilib, tanalari chirib, tuproqqa qorishib ketadi. Ularning qayta tirilishi mutlaqo imkonsizga oʻxshaydi. Ammo, vaqti-soati kelganda, yerdan oʻsimliklar oʻsib chiqqanidek, oʻlik odamlar ham qabrlaridan tirilib chiqadilar.