أَفَمَن زُيِّنَ لَهُۥ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ فَرَءَاهُ حَسَنًا ۖ فَإِنَّ ٱللَّهَ يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ ۖ فَلَا تَذْهَبْ نَفْسُكَ عَلَيْهِمْ حَسَرَٰتٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِمَا يَصْنَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Axir, qilgan yomon amali o`ziga ziynatlab ko`rsatilib, uni go`zal deb bilgan odam(dan yaxshilik chiqarmidi)?! Albatta, Alloh xohlagan kimsani zalolatga ketkazur, xohlagan kimsani hidoyatga solur. Bas, ularga joning hasrat-la achinmasin. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini yaxshi bilguvchidir.Ахир, қилган ёмон амали ўзига зийнатлаб кўрсатилиб, уни гўзал деб билган одам(дан яхшилик чиқармиди)?! Албатта, Аллоҳ хоҳлаган кимсани залолатга кетказур, хоҳлаган кимсани ҳидоятга солур. Бас, уларга жонинг ҳасрат-ла ачинмасин. Албатта, Аллоҳ нима қилаётганларини яхши билгувчидир.Alauddin Mansour: Axir (qilgan) yomon amali oʻziga chiroyli koʻrinib, uni goʻzal (amal) deb oʻylagan kimsa (Alloh haq yoʻlga hidoyat qilgan zot kabi boʻlurmi)?! Zotan, Alloh Oʻzi xohlagan kimsalarni yoʻldan ozdirur va Oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), joningiz ularning (iymon keltirmaganlari) ustida hasrat-nadomatlar chekib ketmasin. Albatta Alloh ularning qilayotgan hunarlarini bilguvchidir.Ахир (қилган) ёмон амали ўзига чиройли кўриниб, уни гўзал (амал) деб ўйлаган кимса (Аллоҳ ҳақ йўлга ҳидоят қилган зот каби бўлурми)?! Зотан, Аллоҳ Ўзи хоҳлаган кимсаларни йўлдан оздирур ва Ўзи хоҳлаган кишиларни ҳидоят қилур. Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), жонингиз уларнинг (иймон келтирмаганлари) устида ҳасрат-надоматлар чекиб кетмасин. Албатта Аллоҳ уларнинг қилаётган ҳунарларини билгувчидир.
Shaytonning ishi vasvasasiga uchgan odamlarga ularning amallarini ziynatlab koʻrsatishdir. Barcha yomonliklarning eshigi shudir. Shaytonning malayiga aylangan odamga oʻzining har bir yomon ishi ziynatli koʻrinadi. U oʻzidan oʻzi ajablanib, qilgan ishi oʻziga zoʻr koʻringan sari haddan oshib boraveradi. Xato va kamchiliklarini sezmaydi. Unga xatosini aytgan odamni dushman hisoblaydi. Ishlari xato boʻlsa ham, maqtagan odamlar koʻziga doʻst boʻlib koʻrinadi. Borib-borib, har bir ishida oʻzicha yagona toʻgʻri yoʻlni tanlaydigan darajaga yetadi. Magʻrurlanib, oʻzini dohiy sezib yuradi. Aslida esa, shayton uning boʻyniga toʻla minib olgan, jilovini yaxshilab tutgan boʻladi. Shayton jilovini qayoqqa tortsa, oʻsha yoqqa ketaveradi. Bunday odamni qanday baholash mumkin?!
«Axir, qilgan yomon amali oʻziga ziynatlab koʻrsatilib, uni goʻzal deb bilgan odam?!»
Tafsirlarimizda jumlaning davomiga va javobiga xilma-xil ilovalar keltirilgan. Darhaqiqat, yomon ishi shayton tomonidan ziynatlab koʻrsatilgan va oʻsha ishni goʻzal deb bilgan odam haqida har qanday yomon gap aytsa boʻladi:
Bunday odamdan yaxshilik chiqarmidi?
Bunday odam iymonli odamga teng boʻlarmidi?
Bunday odam doʻzaxga tushmay kim tushsin? Va hokazolar.
«Albatta, Alloh xohlagan kimsani zalolatga ketkazur, xohlagan kimsani hidoyatga solur.»
Shayton yomon amalini ziynatlab koʻrsatganidan hovliqib yurgan oʻsha nobakor ham Allohning xohishidan chetga chiqa olmaydi.
«Bas, ularga joning hasrat-la achinmasin.»
Ularga achinishning foydasi yoʻq. Ular nafs balosiga yoʻliqib tugab boʻlgan.
«Albatta, Alloh nima qilayotganlarini yaxshi bilguvchidir.»
Oʻsha bilimi asosida qiyomat kuni ularni qilmishlariga yarasha jazolaydi.
Endi Alloh taoloning mazkur ishga qodir ekanligiga dalil keltiriladi: