QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят12

وَمَا يَسْتَوِى ٱلْبَحْرَانِ هَـٰذَا عَذْبٌ فُرَاتٌ سَآئِغٌ شَرَابُهُۥ وَهَـٰذَا مِلْحٌ أُجَاجٌ ۖ وَمِن كُلٍّ تَأْكُلُونَ لَحْمًا طَرِيًّا وَتَسْتَخْرِجُونَ حِلْيَةً تَلْبَسُونَهَا ۖ وَتَرَى ٱلْفُلْكَ فِيهِ مَوَاخِرَ لِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Daryoyu dengiz, ikkisi teng bo`la olmas. Bunisi totli, chanqoq bosar, ichish osondir. Bunisi esa sho`r, taxirdir. Siz har biridan toza go`sht yeysiz va taqinchoq chiqarib taqursiz. Va Uning fazlidan talab qilishingiz uchun u(suv)ni yorib ketayotgan kemalarni ko`rursiz. Shoyadki, shukr qilsangiz.Дарёю денгиз, иккиси тенг бўла олмас. Буниси тотли, чанқоқ босар, ичиш осондир. Буниси эса шўр, тахирдир. Сиз ҳар биридан тоза гўшт ейсиз ва тақинчоқ чиқариб тақурсиз. Ва Унинг фазлидан талаб қилишингиз учун у(сув)ни ёриб кетаётган кемаларни кўрурсиз. Шоядки, шукр қилсангиз.Alauddin Mansour: Daryo-dengiz teng boʻlmas — bunisi shirin-totli va ichilishi oson, bunisi esa shoʻr-taxirdir. Sizlar (ularning) har biridan yangi goʻsht (yaʼni, baliq tutib) yeysizlar va taqadigan zeb-ziynat chiqarib olursizlar. Va sizlar (Allohning) fazlu-marhamatidan (yaʼni, rizqu roʻzidan) istashlaringiz uchun (dengiz va daryolarda suvni) yorib ketayotgan kemalarni koʻrursizlar. Shoyad shukr qilsangizlar.Дарё-денгиз тенг бўлмас — буниси ширин-тотли ва ичилиши осон, буниси эса шўр-тахирдир. Сизлар (уларнинг) ҳар биридан янги гўшт (яъни, балиқ тутиб) ейсизлар ва тақадиган зеб-зийнат чиқариб олурсизлар. Ва сизлар (Аллоҳнинг) фазлу-марҳаматидан (яъни, ризқу рўзидан) исташларингиз учун (денгиз ва дарёларда сувни) ёриб кетаётган кемаларни кўрурсизлар. Шояд шукр қилсангизлар.

436-sahifa · 22-juz · 44-hizb436-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасيَسْتَوِىteng boʻlurтенг бўлурٱلْبَحْرَانِdaryo-dengiz ikkisiдарё-денгиз иккисиهَـٰذَاbunisiбунисиعَذْبٌۭtotliтотлиفُرَاتٌۭchanqoq bosarчанқоқ босарسَآئِغٌۭosonосонشَرَابُهُۥichishiичишиوَهَـٰذَاva bunisiва бунисиمِلْحٌshoʻrшўрأُجَاجٌۭ ۖtaxirdirтахирдирوَمِنva -danва -данكُلٍّۢhar biridanҳар бириданتَأْكُلُونَyeysizейсизلَحْمًۭاgoʻshtгўштطَرِيًّۭاtozaтозаوَتَسْتَخْرِجُونَva chiqarib olasizва чиқариб оласизحِلْيَةًۭtaqinchoqтақинчоқتَلْبَسُونَهَا ۖuni taqursizуни тақурсизوَتَرَىva koʻrursizва кўрурсизٱلْفُلْكَkemalarniкемаларниفِيهِundaундаمَوَاخِرَyorib ketayotganёриб кетаётганلِتَبْتَغُوا۟talab qilishingiz uchunталаб қилишингиз учунمِن-dan-данفَضْلِهِۦUning fazlidanУнинг фазлиданوَلَعَلَّكُمْva shoyadkiва шоядкиتَشْكُرُونَshukr qilsangizшукр қилсангиз
TafsirТафсир

Allohning qudratini suv olamida ham yaqqol koʻrsa boʻladi. Daryoyu dengizlarda Allohning qudratiga dalolat qiluvchi koʻplab oyat-belgilar boʻlishi turgan gap.

«Daryoyu dengiz, ikkisi teng boʻla olmas.»

Oyatda «ikki dengiz teng boʻla olmas», deyilgan. Arab tilida oʻzaro yaqin ikki narsani birovining nomi bilan atash mumkin. «Ikki dengiz»dan murod daryo bilan dengiz ekanini esa, keyingi,

«Bunisi totli, chanqoq bosar, ichish osondir. Bunisi esa shoʻr, taxirdir» jumlasidan tushunib olinadi. Chunki «totli, chanqoq bosar, ichish oson» suv dengizda emas, daryoda boʻladi. Dengiz bilan daryo–ikkisi ham oʻziga yarasha katta hajmga ega, ikkisida ham oʻziga yetarli koʻp suvi bor. Ikkisi doimo bir-biriga tutash boʻladi. Birining suvi ikkinchisiga qoʻshilib turadi. Lekin birining suvi chuchuk, biriniki shoʻr. Daryoning suvini ichsa boʻladi, dengiz suvini ichib boʻlmaydi. Xoʻsh, buni kim qildi? Suvni yoʻqdan bor etgan kim? Dengizlarni barpo qilgan kim? Ularga suv toʻldirgan kim? Ularni hozirgi holida ushlab turgan kim? Daryolarni paydo qilgan kim? Ularda suvni oqizib qoʻygan kim? Daryo oʻz suvini dengizga tinmay quyib turishiga qaramay, dengizning suvi chuchuk boʻlib qolmasligi yoki uning shoʻri daryo suviga oʻtib qolmasligini taʼminlagan kim?

Daryo bilan dengizdagi, ularning suvlaridagi qarama-qarshilikdan qatʼinazar:

«Siz har biridan toza goʻsht yeysiz va taqinchoq chiqarib taqursiz».

Bunisi ham qiziq. Odam biridan suv ichsa-yu, boshqasidan icha olmasa! Ammo ikkisidan ham pokiza goʻsht olib yesa! Turli taqinchoqlar chiqarib taqsa! Xoʻsh, inson uchun toza goʻsht boʻladigan baliq va hayvonlarni ham daryoda, ham dengizda yashaydigan qilib qoʻygan kim? Nima uchun ikki xil, qarama-qarshi xususiyatli suvda bir xil hayvonlar yashayveradi? Bu ishlar kimning irodasi ila boʻlyapti? Ikki xil suvli daryo va dengizlarga inson uchun luʼlu(dur) va marjonlarni tashlab qoʻygan zot kim? Albatta, Alloh! Bularni insof bilan tafakkur qilib, Allohga iymon keltirish lozim.

«Va Uning fazlidan talab qilishingiz uchun u(suv)ni yorib ketayotgan kemalarni koʻrursiz.»

Bu ham Alloh taoloning qudratiga yorqin dalildir.

Dengiz va daryolarni yaratib, ularda kemalarni yuradigan qilib qoʻygan kim? Suvga baʼzi narsalarni koʻtarish xususiyatini bergan kim? Dengizu daryolarni kemalar yurishiga moslab qoʻygan kim? Albatta, Alloh! Buni insof bilan tafakkur qilib Allohga iymon keltirish lozim. Shuning uchun ham, oyatning oxirida:

«Shoyadki, shukr qilsangiz», deyilmoqda.

Albatta, dengiz va daryolar, ulardagi toza goʻsht, taqinchoq va boshqa neʼmatlar, ular uzra kema bilan suzib tijorat va boshqa maqsadlar yoʻlida foydalanish inson uchun Allohning ulugʻ neʼmati boʻlib, ularga shukr qilish lozim. Iymonsiz esa, noshukr boʻladi.

Allohning bundan boshqa neʼmatlari ham koʻp.