يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِى لِأَجَلٍ مُّسَمًّى ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ ٱلْمُلْكُ ۚ وَٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ مَا يَمْلِكُونَ مِن قِطْمِيرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot kechani kunduzga, kunduzni kechaga kiritur, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qo`ygandir. Har biri belgilangan muddatgacha yuradir. Ana shu Alloh Robbingizdir. Mulk Unikidir. Undan o`zga iltijo qilayotganlaringiz esa, danak po`stlog`iga ham molik emaslar.У зот кечани кундузга, кундузни кечага киритур, қуёш ва ойни беминнат хизматкор қилиб қўйгандир. Ҳар бири белгиланган муддатгача юрадир. Ана шу Аллоҳ Роббингиздир. Мулк Уникидир. Ундан ўзга илтижо қилаётганларингиз эса, данак пўстлоғига ҳам молик эмаслар.Alauddin Mansour: (Alloh) kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur, U quyosh va oyni ham (sizlarning manfaatingiz uchun) boʻyinsundirib qoʻygandir — har biri muayyan muddatgacha (yaʼni, Qiyomat Kunigacha oʻz fazosida) joriy boʻlur. Ana shu Alloh sizlarning Parvardigoringizdirki, (barcha olamlarga) podshohlik yolgʻiz Unikidir. (Ey mushriklar), sizlar U zotni qoʻyib iltijo qilayotgan butlaringiz esa poʻstloqcha narsaga ham ega emasdirlar.(Аллоҳ) кечани кундузга киритур ва кундузни кечага киритур, У қуёш ва ойни ҳам (сизларнинг манфаатингиз учун) бўйинсундириб қўйгандир — ҳар бири муайян муддатгача (яъни, Қиёмат Кунигача ўз фазосида) жорий бўлур. Ана шу Аллоҳ сизларнинг Парвардигорингиздирки, (барча оламларга) подшоҳлик ёлғиз Уникидир. (Эй мушриклар), сизлар У зотни қўйиб илтижо қилаётган бутларингиз эса пўстлоқча нарсага ҳам эга эмасдирлар.
Alloh taoloning insonga bergan neʼmatlari cheksiz-chegarasiz boʻlib, borliqning barcha tomonlarida bor.
«U zot kechani kunduzga, kunduzni kechaga kiritur...»
Kecha bilan kunduzning almashib turishi ham insonlar uchun ulkan neʼmatdir. Kechani va kunduzni yaratgan kim? Ularni bir- birlari ichiga kiritib, almashtirib turadigan kim? Ular orqali insonlarni hayratlantiradigan kim? Albatta, Alloh! Demak, oʻsha Zotga iymon keltirib, ibodat qilish kerak.
«...quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qoʻygandir.»
Quyosh va oysiz hayotni tasavvur qilib boʻlmaydi. Ularning manfaatlarini ham toʻla idrok etish qiyin. Xoʻsh, quyosh va oyni yaratgan kim? Ulardan insonga manfaat yetadigan qilib qoʻygan kim? Albatta, Alloh!
Ularning:
«Har biri belgilangan muddatgacha yuradir».
Xoh oʻziga belgilab qoʻyilgan harakat doirasi boʻlsin, xoh qiyomatgacha boʻlsin, baribir yuradi. Maʼlumki, yurish oʻz-oʻzidan boʻlmaydi. Xoʻsh, ularni bunday yuradigan qilib qoʻygan kim? Albatta, Alloh!
«Ana shu Alloh–Robbingizdir.»
Ishlarning hammasini amalga oshiruvchi zot–Alloh sizning Robbingizdir, ey odamlar. Unga qullik qilib, iymon keltiring. Unga ibodat eting va bilib qoʻyingki:
«Mulk Unikidir».
Ikki dunyoning mulki-sultoni, hukmi Unga xosdir. Undan bosh- qa sultoni oʻtadigan, hukmi yuradigan yoʻqdir.
«Undan oʻzga iltijo qilayotganlaringiz esa, danak poʻstlogʻiga ham molik emaslar.»
Arablarda hech narsaga arzimas va qadrsiz narsani xurmo danagi ustidagi oʻta yupqa poʻstloqqa oʻxshatish odati bor. Qurʼoni Karimda ham oyatlarni ilk qabul qilib olayotgan shu xalqning zehniga oson oʻrnashtirish uchun mazkur oʻxshatishdan foydalanib, mushriklar oʻzlaricha ibodat etib yurgan soxta xudolari oʻsha xaqir poʻstloqcha narsaga ham molik emasliklarini taʼkidlanmoqda. Ular hech narsaga ega emaslar, ularning hukmi hech joyda oʻtmaydi, deyilmoqda.
Allohdan oʻzgaga iltijo qilib boʻlmaydi. Chunki, ular hech narsaga molik emas.