إِن تَدْعُوهُمْ لَا يَسْمَعُوا۟ دُعَآءَكُمْ وَلَوْ سَمِعُوا۟ مَا ٱسْتَجَابُوا۟ لَكُمْ ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ يَكْفُرُونَ بِشِرْكِكُمْ ۚ وَلَا يُنَبِّئُكَ مِثْلُ خَبِيرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularga duo qilsangiz, duoingizni eshitmaslar. Gar eshitsalar ham, sizga javob bera olmaslar. Qiyomat kuni esa, sizning ularni shirk keltirganingizni inkor eturlar. O`ta xabardor Zotdek hech kim senga xabar bera olmas.Агар уларга дуо қилсангиз, дуоингизни эшитмаслар. Гар эшитсалар ҳам, сизга жавоб бера олмаслар. Қиёмат куни эса, сизнинг уларни ширк келтирганингизни инкор этурлар. Ўта хабардор Зотдек ҳеч ким сенга хабар бера олмас.Alauddin Mansour: Agar sizlar ularni chorlasangizlar, duolaringizni eshitmaslar. Agar eshitsalar-da, sizlarga javob qila olmaslar va Qiyomat Kunida ularni (Allohga) sherik qilib olganlaringizni inkor qilurlar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, dunyo-yu Oxirat haqida hech kim) sizga xabardor Zot (yaʼni, Alloh) kabi xabar bera olmas.Агар сизлар уларни чорласангизлар, дуоларингизни эшитмаслар. Агар эшитсалар-да, сизларга жавоб қила олмаслар ва Қиёмат Кунида уларни (Аллоҳга) шерик қилиб олганларингизни инкор қилурлар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, дунё-ю Охират ҳақида ҳеч ким) сизга хабардор Зот (яъни, Аллоҳ) каби хабар бера олмас.
Odamlar tuzukroq tafakkur yuritmay turib, turli narsalarga iltijo qilib, ularga topinaveradilar. Sal boʻlsa ham oʻylab koʻrsalar, haqiqatni tushunib yetar edilar. Ey, mushriklar!
«Agar ularga duo qilsangiz, duoingizni eshitmaslar.»
«Xudo»laringiz loydan, tosh va yogʻochdan oʻzingiz yasab olgan haykallar boʻlsa, qanday ham eshitsin? Agar oʻsha «xudo»laringiz, oʻzingizga oʻxshagan odam yoki biror boshqa eshitish qobiliyati bor jonivor boʻlib, sizning duoingizni eshitsalar ham, javob bera olmaydilar. Ehtiyojingizni qondirolmaydilar. Ha,
«Gap eshitsalar ham, sizga javob bera olmaslar».
Axir, ular bor-yoʻgʻi sizga oʻxshash bir inson boʻlsa, qanday qilib sizning duoingizga javob bersinlar, duoda soʻragan narsangizni ato qilsinlar?! Ularning bu dunyodagi hollari shu. Ammo, ular bizga qiyomat kuni manfaat beradi, deb yurgan boʻlsangiz, bilib qoʻying:
«Qiyomat kuni esa, sizning ularni shirk keltirganingizni inkor eturlar».
Qiyomat kuni Alloh: Anavilarga «Bizga ibodat qilinglar!» deb sizlar aytganmisizlar, degan mazmunda soʻraganida ular inkor etadilar. Ey Robbimiz, biz ularni oʻzimizga ibodat qilishga buyurganimiz yoʻq, deydilar.
«Oʻta xabardor Zotdek hech kim senga xabar bera olmas.»
Ha, hamma narsadan oʻta xabardor Allohdek hech kim senga bunga oʻxshash xabarlarni bera olmaydi.