QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят15

۞ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ أَنتُمُ ٱلْفُقَرَآءُ إِلَى ٱللَّهِ ۖ وَٱللَّهُ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey odamlar! Sizlar Allohga muhtojdirsiz. Alloh esa, O`zi behojat va maqtalgan Zotdir.Эй одамлар! Сизлар Аллоҳга муҳтождирсиз. Аллоҳ эса, Ўзи беҳожат ва мақталган Зотдир.Alauddin Mansour: Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar. Allohning Oʻzigina (barcha odamlardan) behojat va (barcha) maqtovga loyiq Zotdir.Эй инсонлар, сизлар Аллоҳга муҳтождирсизлар. Аллоҳнинг Ўзигина (барча одамлардан) беҳожат ва (барча) мақтовга лойиқ Зотдир.

436-sahifa · 22-juz · 44-hizb436-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلنَّاسُodamlarодамларأَنتُمُsizlarсизларٱلْفُقَرَآءُmuhtojdirsizмуҳтождирсизإِلَى-ga-гаٱللَّهِ ۖAllohgaАллоҳгаوَٱللَّهُva Allohва АллоҳهُوَOʻziЎзиٱلْغَنِىُّbehojatбеҳожатٱلْحَمِيدُmaqtalgan zotdirмақталган зотдир
TafsirТафсир

Oyatda odamlarning Alloh taolo bilan aloqasi yoʻsini bayon qilinmoqda. Insonlar aynan ushbu haqiqatni anglab yetmaganlaridan oʻzlarining Allohga banda ekanliklarini unutadilar. Oqibatda boshqa muammolar kelib chiqadi. Shuning uchun, Alloh taolo odamlarga xitob qilib:

«Ey odamlar! Sizlar Allohga muhtojdirsiz», deyapti.

Ha, inson har bir narsada–dunyoga kelishida ham, nafas olishi va nafas chiqarishida ham Allohga muhtojdir. Agar Alloh insonning nafas olish yoki chiqarish ehtiyojini qondirmasa, oʻsha zahoti odam tamom boʻladi. Oziq-ovqat yeyish, ichimlik ichish va ularning chiqindisini chiqarishga ham shunday muhtojlik bor. Boshqa barcha ish va holatlarni ham shunga taqqoslasa boʻladi.

Insonning eng katta ehtiyojlaridan biri–ikki dunyo saodatiga erishishdir. Shu ehtiyoj yuzasidan Paygʻambar yuborildi, ilohiy dastur Qurʼon tushirildi. Ilohiy koʻrsatmalarga amal etib, ibodat qilib yashagan insonning bu ehtiyoji ham qondiriladi. Bilib qoʻyish lozimki, har kimning ibodati oʻzi uchun, Allohning birovga ham, uning ibodatiga ham hojati yoʻqdir. Chunki:

«Alloh esa, Oʻzi behojat va maqtalgan zotdir».

Alloh taolo hech kimga muhtoj emas, hamma Unga muhtojdir. Alloh taolo hech kimning maqtoviga ham zor emas, Alloh Oʻzi aslida maqtalgan zotdir.