QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят2

مَّا يَفْتَحِ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ مِن رَّحْمَةٍ فَلَا مُمْسِكَ لَهَا ۖ وَمَا يُمْسِكْ فَلَا مُرْسِلَ لَهُۥ مِنۢ بَعْدِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi bo`lmas. U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qo`yib yuborguvchi bo`lmas. U zot Aziyzu Hakiymdir.Аллоҳ одамларга не раҳматни очса, бас, уни тутиб қолгувчи бўлмас. У зот тутиб қолган нарсани Ундан кейин қўйиб юборгувчи бўлмас. У зот Азийзу Ҳакиймдир.Alauddin Mansour: Alloh odamlar uchun ne bir rahmat-marhamatni ochib qoʻysa, bas, uni ushlab-toʻsib qolguvchi boʻlmas va neni ushlab qolsa, bas, U zot (ushlab qolgani)dan soʻng u (narsani bandalarga) biron yuborguvchi boʻlmas. U qudrat va hikmat Egasidir.Аллоҳ одамлар учун не бир раҳмат-марҳаматни очиб қўйса, бас, уни ушлаб-тўсиб қолгувчи бўлмас ва нени ушлаб қолса, бас, У зот (ушлаб қолгани)дан сўнг у (нарсани бандаларга) бирон юборгувчи бўлмас. У қудрат ва ҳикмат Эгасидир.

434-sahifa · 22-juz · 44-hizb434-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَّاneнеيَفْتَحِochsaочсаٱللَّهُAllohАллоҳلِلنَّاسِodamlargaодамларгаمِن-dan-данرَّحْمَةٍۢrahmatniраҳматниفَلَاbas, yoʻqбас, йўқمُمْسِكَtutib qolguvchiтутиб қолгувчиلَهَا ۖuniуниوَمَاva neва неيُمْسِكْtutib qolsaтутиб қолсаفَلَاbas, yoʻqбас, йўқمُرْسِلَqoʻyib yuborguvchiқўйиб юборгувчиلَهُۥuniуниمِنۢ-dan-данبَعْدِهِۦ ۚUndan keyinУндан кейинوَهُوَva U zotва У зотٱلْعَزِيزُazizазизٱلْحَكِيمُhakiymdirҳакиймдир
TafsirТафсир

Alloh subhanahu va taoloning rahmat xazinasi ulugʻ, rahmatining chegarasi yoʻq. U zotning rahmatining koʻrinishlari xilma- xil. Hayot, sogʻlik, nozu neʼmatlar, tinchlik-omonlik... ularni sanab hech adogʻiga yetib boʻlmaydi. Alloh taolo oʻsha rahmatlarini odamlar uchun keng ochib qoʻygan.

«Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi boʻlmas.»

Bandalariga Alloh bergan neʼmatini birov manʼ qila olmaydi. Shuning uchun, xotirni jam qilish kerak. Allohga iymon keltirib, Unga ibodat qilib, koʻrsatgan yoʻlidan yurish lozim. Ana shunda Allohning rahmatidan toʻgʻri yoʻl bilan, hech tortinmasdan bahramand boʻlish mumkin boʻladi. Agar Alloh ochib qoʻygan rahmatlarning qadriga yetilmasa, ularni bergan zotga shukr qilinmasa, ish boshqachaga aylanishi mumkin.

«U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qoʻyib yuborguvchi boʻlmas.»

Ana unda ish qiyin boʻladi. Alloh taolo rahmatlaridan birortasini tutib qolsa bormi?! Misol uchun, havo yoki suv rahmatini tutib qolsa, nima boʻladi?! Odamlarga Alloh tutib qolgan oʻsha rahmatni kim yubora oladi?!

«U zot aziyzu hakiymdir.»

Alloh aziyz–hammaning ustidan gʻolib zotdir. Har bir narsani xohlaganicha qila oladi.

Alloh hakiym–oʻta hikmatli zotdir. Har bir narsani hikmat ila qiladi. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Banda aytishi uchun eng haqli boʻlgan narsa: «Hammamiz ham senga bandamiz, ey bor xudoyo! Sen bergan narsani manʼ qiluvchi yoʻq. Sen manʼ qilgan narsani beruvchi yoʻq», deyishlikdir», deganlar. Shunday boʻlgandan keyin: