هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَكُمْ خَلَـٰٓئِفَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ فَمَن كَفَرَ فَعَلَيْهِ كُفْرُهُۥ ۖ وَلَا يَزِيدُ ٱلْكَـٰفِرِينَ كُفْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ إِلَّا مَقْتًا ۖ وَلَا يَزِيدُ ٱلْكَـٰفِرِينَ كُفْرُهُمْ إِلَّا خَسَارًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot sizlarni yer yuzida xalifalar qilib qo`ygandir. Kim kufr keltirsa, uning kofirligi o`ziga zarar. Kofirlar uchun kufrlari Robbilari huzurida g`azabdan boshqani ziyoda qilmas. Kofirlar uchun kufrlari ziyondan boshqani ziyoda qilmas.У зот сизларни ер юзида халифалар қилиб қўйгандир. Ким куфр келтирса, унинг кофирлиги ўзига зарар. Кофирлар учун куфрлари Роббилари ҳузурида ғазабдан бошқани зиёда қилмас. Кофирлар учун куфрлари зиёндан бошқани зиёда қилмас.Alauddin Mansour: U sizlarni Yer yuzida xalifa qilib qoʻygan Zotdir. Bas, kim kofir boʻlsa, uning kufri faqat oʻzining ziyoniga boʻlur. Kofir boʻlgan kimsalarga kufrlari Parvardigor huzurida faqat gʻazabnigina ziyoda qilur. Kofir boʻlgan kimsalarga kufrlari faqat isyonkorliknigina ziyoda qilur.У сизларни Ер юзида халифа қилиб қўйган Зотдир. Бас, ким кофир бўлса, унинг куфри фақат ўзининг зиёнига бўлур. Кофир бўлган кимсаларга куфрлари Парвардигор ҳузурида фақат ғазабнигина зиёда қилур. Кофир бўлган кимсаларга куфрлари фақат исёнкорликнигина зиёда қилур.
Dunyo bunyod boʻlibdiki, birov ketadi, birov keladi. Shunday qilib, odamlar, qavmlar, davlatlar va ummatlar bir-birlariga xalifa-oʻrinbosarlar boʻlib kelmoqda. Ana shu tarixdan vaʼz- nasihat, ibrat olmoq lozim. Oʻtganlarning qilmish va oqibatlaridan keyingi avlodlar oʻrnak olishlari kerak. Oxirati kuyganlarning xatolarini takrorlamaslik lozim. Oqibati yaxshilik bilan tugaganlarning izidan borish kerak.
Xoʻsh, ularning oqibati qandoq boʻlgan edi? Bu borada umumiy qoida bormi?
«Kim kufr keltirsa, uning kofirligi oʻziga zarar.»
Umumiy qoida shu. Kim kufr keltirsa, oʻzi zarar koʻradi. Oʻtgan ummatlarning tajribasi shuni koʻrsatadi. Dunyo paydo boʻlganidan buyon hozirga qadar hech kimga kufr foyda bermagan, aksincha, doimo zarar keltirgan va keltirmoqda.
«Kofirlar uchun kufrlari Robbilari huzurida gʻazabdan boshqani ziyoda qilmas.»
Kim kofir boʻlsa, Robbi huzurida gʻazabga uchraydi. Kufri uchun Robbi unga faqat gʻazabni orttiradi, xolos. Kofirlar bu dunyoda ham foyda topmaydilar. Chunki:
«Kofirlar uchun kufrlari ziyondan boshqani ziyoda qilmas».
Dunyo tajribasiga koʻra, hozirgacha kufr hech kimga foyda bergani yoʻq. Doimo ziyon qilib kelgan. Bu maʼlum va mashhur.
Bu haqiqatlardan har bir inson oʻrnak olishi kerak.
Ey Paygʻambar!