QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят40

قُلْ أَرَءَيْتُمْ شُرَكَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَرُونِى مَاذَا خَلَقُوا۟ مِنَ ٱلْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ أَمْ ءَاتَيْنَـٰهُمْ كِتَـٰبًا فَهُمْ عَلَىٰ بَيِّنَتٍ مِّنْهُ ۚ بَلْ إِن يَعِدُ ٱلظَّـٰلِمُونَ بَعْضُهُم بَعْضًا إِلَّا غُرُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Menga Allohdan boshqa iltijo qilayotgan sheriklaringizning xabarini bering-chi?! Menga ko`rsatinglar-chi, ular yerda nimani yaratdilar?! Yoki ularning osmonlar(ishi)da sherikliklari bormi?!» – deb ayt. Yoki Biz ularga kitob berganmiz-u, ular undan biron hujjatga ega bo`lganlarmi?! Yo`q!!! Zolimlar bir-birlariga aldovdan boshqani va'da qilmaslar.Сен: «Менга Аллоҳдан бошқа илтижо қилаётган шерикларингизнинг хабарини беринг-чи?! Менга кўрсатинглар-чи, улар ерда нимани яратдилар?! Ёки уларнинг осмонлар(иши)да шерикликлари борми?!» – деб айт. Ёки Биз уларга китоб берганмиз-у, улар ундан бирон ҳужжатга эга бўлганларми?! Йўқ!!! Золимлар бир-бирларига алдовдан бошқани ваъда қилмаслар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, mushriklarga) ayting: «Xabar beringiz-chi, sizlar Allohni qoʻyib iltijo qilayotgan butlaringiz (nimaning sharofati bilan iltijo-ibodat qilinishga sazovor boʻldilar?) Sizlar menga koʻrsatma beringiz-chi, ular Yerdagi biron narsani yaratganmilar, yoki ularning osmonlarni (yaratishda Allohga) sherikliklari bormi, yoxud Biz ularga biron kitob ato etdikmi-ki, ular oʻsha (kitobdan oʻzlarining Bizga sherik ekanliklari haqida) biron hujjat ustida boʻlsalar?! Yoʻq, u zolim kimsalar bir-birlariga («Butlarimiz bizlarni shafoat qiladilar», deb) faqat aldovni vaʼda qilurlar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, мушрикларга) айтинг: «Хабар берингиз-чи, сизлар Аллоҳни қўйиб илтижо қилаётган бутларингиз (ниманинг шарофати билан илтижо-ибодат қилинишга сазовор бўлдилар?) Сизлар менга кўрсатма берингиз-чи, улар Ердаги бирон нарсани яратганмилар, ёки уларнинг осмонларни (яратишда Аллоҳга) шерикликлари борми, ёхуд Биз уларга бирон китоб ато этдикми-ки, улар ўша (китобдан ўзларининг Бизга шерик эканликлари ҳақида) бирон ҳужжат устида бўлсалар?! Йўқ, у золим кимсалар бир-бирларига («Бутларимиз бизларни шафоат қиладилар», деб) фақат алдовни ваъда қилурлар.

439-sahifa · 22-juz · 44-hizb439-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтأَرَءَيْتُمْxabar bering-chi (koʻrdingizmi)хабар беринг-чи (кўрдингизми)شُرَكَآءَكُمُsheriklaringizningшерикларингизнингٱلَّذِينَularkiуларкиتَدْعُونَiltijo qilayotganилтижо қилаётганمِن-dan-данدُونِboshqaбошқаٱللَّهِAllohАллоҳأَرُونِىmenga koʻrsatinglar-chiменга кўрсатинглар-чиمَاذَاnimaniниманиخَلَقُوا۟ular yaratdilarулар яратдиларمِنَ-dan-данٱلْأَرْضِyerерأَمْyokiёкиلَهُمْularningуларнингشِرْكٌۭsherikliklari bormiшерикликлари бормиفِى-da-даٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларأَمْyokiёкиءَاتَيْنَـٰهُمْBiz ularga berdikБиз уларга бердикكِتَـٰبًۭاkitobкитобفَهُمْbas, ularбас, уларعَلَىٰ-ga ega-га эгаبَيِّنَتٍۢbiron hujjatбирон ҳужжатمِّنْهُ ۚundanунданبَلْyoʻq!йўқ!إِنemasэмасيَعِدُvaʼda qiladilarваъда қиладиларٱلظَّـٰلِمُونَzolimlarзолимларبَعْضُهُمularning baʼzisiуларнинг баъзисиبَعْضًاbaʼzisigaбаъзисигаإِلَّا-dan boshqani-дан бошқаниغُرُورًاaldovалдов
TafsirТафсир

Alloh subhanahu va taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga mushriklarni ojiz qoldiruvchi bir necha savollar berishni oʻrgatmoqda. Ey Muhammad, mushriklarga:

Sen: «Menga Allohdan boshqa iltijo qilayotgan sheriklaringizning xabarini bering-chi?!» deb ayt.

Ey, mushriklar, sizlar Allohning ibodatini qoʻyib, oʻzingizcha soxta xudolarga sigʻinmoqdasiz. Menga oʻsha sheriklaringizning xabarini bering-chi?!

«Menga koʻrsatinglar-chi ular yerda nimani yaratdilar?!»

Ey, mushriklar, qani menga koʻrsatinglar-chi, Allohga sherik qilib olgan oʻsha narsalaringiz yer yuzida nimani yaratdilar?! Ular tomonidan yaratilgan biror narsa bormi oʻzi? Birovning ibodatiga erishish uchun yaratuvchilik sifatiga ega boʻlish kerak. Allohga sherik boʻlish uchun uning yaratuvchilik sifatiga ham sherik boʻlib, baʼzi narsalarni yaratgan boʻlishi kerak.

«Yoki ularning osmonlar(ishi)da sherikliklari bormi?!»

Osmonlarni va ulardagi mavjudotlarni yaratishda Alloh taologa sheriklik qilishganmi? Boʻlsa, ayting! Falon osmonning fistonchi joyini yoki undagi mavjudotlarning bunchasini yaratgan, denglar!

«Yoki Biz ularga kitob berganmiz-u, ular undan biron hujjatga ega boʻlganlarmi?!»

Oʻsha kitobda ularning Allohga sherikligi yozib qoʻyilganmi? Oʻsha hujjat asosida Allohga sherik xudo boʻlmoqdalarmi?

«Yoʻq!!!»

Ular yerda yaratgan hech narsa yoʻq! Ularning osmon ishlarida ham hech qanday sherikliklari yoʻq! Ularning Alloh tomonidan berilgan hech qanday kitoblari ham yoʻq! Binobarin, hech qanday hujjatga ham ega emas.

«Zolimlar bir-birlariga aldovdan boshqani vaʼda qilmaslar.»

Zolim mushriklar soxta xudolari, ularning oʻzlariga «foydalari» haqida bir-birlariga aldovni vaʼda qiladilar, xolos. Bizning sherik xudolarimiz katta xudo oldida shafoat qiladilar, undoq, bundoq, deb gʻururga ketkazuvchi aldovlarni aytadilar, xolos.

Alloh taolo Oʻziga keltirilgan sheriklarning botil ekanini fosh qilganidan soʻng, endigi oyatda oʻzining qudratiga, yakkayuyagonaligiga dalillar zikr qiladi.