QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят41

۞ إِنَّ ٱللَّهَ يُمْسِكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ أَن تَزُولَا ۚ وَلَئِن زَالَتَآ إِنْ أَمْسَكَهُمَا مِنْ أَحَدٍ مِّنۢ بَعْدِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh osmonlaru yerni qulab tushishlaridan ushlab turur. Agar ular qulaydigan bo`lsalar, Undan o`zga hech kim ularni ushlab tura olmas. Albatta, U o`ta haliym va o`ta mag`firatli bo`lgan Zotdir.Албатта, Аллоҳ осмонлару ерни қулаб тушишларидан ушлаб турур. Агар улар қулайдиган бўлсалар, Ундан ўзга ҳеч ким уларни ушлаб тура олмас. Албатта, У ўта ҳалийм ва ўта мағфиратли бўлган Зотдир.Alauddin Mansour: Albatta Alloh osmonlar va Yerni qulab tushishdan ushlab-asrab turur. Aniqki, agar ular qulasalar, U zotdan soʻng (yaʼni, Allohdan oʻzga) biron kimsa ularni tutib tura olmas. Darhaqiqat, u halim va magʻfiratli boʻlgan Zotdir.Албатта Аллоҳ осмонлар ва Ерни қулаб тушишдан ушлаб-асраб турур. Аниқки, агар улар қуласалар, У зотдан сўнг (яъни, Аллоҳдан ўзга) бирон кимса уларни тутиб тура олмас. Дарҳақиқат, у ҳалим ва мағфиратли бўлган Зотдир.

439-sahifa · 22-juz · 44-hizb439-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ إِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيُمْسِكُushlab tururушлаб турурٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниأَن-dan-данتَزُولَا ۚikkisi qulab tushishiиккиси қулаб тушишиوَلَئِنva agarва агарزَالَتَآikkisi qulaydigan boʻlsaиккиси қулайдиган бўлсаإِنْemasэмасأَمْسَكَهُمَاularni ushlab tura oladiуларни ушлаб тура оладиمِنْhechҳечأَحَدٍۢbir kimsaбир кимсаمِّنۢ-dan-данبَعْدِهِۦٓ ۚUndan oʻzgaУндан ўзгаإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уكَانَerurэрурحَلِيمًاoʻta halimўта ҳалимغَفُورًۭاoʻta magʻfiratliўта мағфиратли
TafsirТафсир

Osmonlaru yerning yaratilishi, ularning yoʻqdan bor qilinishi haqida gapirmay turaylik-da, ularning turishi haqida fikr yuritaylik. Osmonlaru ulardagi sonsiz-sanoqsiz narsalar, yer va undagi narsalar qandoq qilib bir tartibda turibdilar? Nima uchun biror narsaga biron narsa bilan mahkamlanmagan boʻlsalar ham joylarida sobit turibdilar? Oʻz makonlaridan boshqa tomonga chiqib qulab ketmayaptilar? Ularni kim ushlab turibdi? Oʻzaro tortishish kuchimi? Oʻzaro tortishish kuchi nima oʻzi? Bu kuchni paydo qilgan kim?

«Albatta, Alloh osmonlaru yerni qulab tushishlaridan ushlab turur.»

Ularni qulab tushishlaridan ushlab turadigan Allohdan boshqa zot yoʻq. Alloh taolo ularni ushlab turmasa, darhol oʻz joylaridan qulaydilar.

«Agar ular qulaydigan boʻlsalar, Undan oʻzga hech kim ularni ushlab tura olmas.»

Mabodo, osmonlar va yer oʻz joylaridan qulaydigan boʻlsa, Alloh taolodan boshqa ularni ushlab qoladigan zot yoʻq. Boʻlsa aytinglar, ey, mushriklar!

«Albatta, U oʻta haliym va oʻta magʻfiratli boʻlgan zotdir.»

Shuning uchun, ojiz bandalari Unga nisbatan ulkan zulm qilib, boshqalarni shirk keltirsalar ham, oʻta halimligi tufayli ularni jazolashga shoshilmaydi. Oʻsha zolim bandalar tavba qilsalar, oʻta magʻfiratli Alloh gunohlarini kechiraveradi.

Kelasi oyatda esa, mushriklarning yana bir kirdikorlari fosh qilinadi.