وَأَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَـٰنِهِمْ لَئِن جَآءَهُمْ نَذِيرٌ لَّيَكُونُنَّ أَهْدَىٰ مِنْ إِحْدَى ٱلْأُمَمِ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُمْ نَذِيرٌ مَّا زَادَهُمْ إِلَّا نُفُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular jon-jahdlari bilan, agar o`zlariga ogohlantiruvchi kelsa, har qanday ummatdan ko`ra hidoyatli bo`lishlari haqida Alloh nomi ila qasam ichar edilar. Qachonki ogohlantiruvchi kelganida, ularda nafratdan boshqani ziyoda qilmadi.Улар жон-жаҳдлари билан, агар ўзларига огоҳлантирувчи келса, ҳар қандай умматдан кўра ҳидоятли бўлишлари ҳақида Аллоҳ номи ила қасам ичар эдилар. Қачонки огоҳлантирувчи келганида, уларда нафратдан бошқани зиёда қилмади.Alauddin Mansour: (Makka kofirlari) agar ularga biron ogohlantirguvchi (paygʻambar) kelsa, albatta har qanday ummatlardan ham hidoyat topguvchiroq boʻlishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichgandilar. Bas, qachonki ularga ogohlantirguvchi (Muhammad alayhis-salotu vas-salom) kelgach, (bu) ularni yanada (hidoyatdan) uzoqlashtirdi, xolos.(Макка кофирлари) агар уларга бирон огоҳлантиргувчи (пайғамбар) келса, албатта ҳар қандай умматлардан ҳам ҳидоят топгувчироқ бўлишлари ҳақида жон-жаҳдлари билан қасам ичгандилар. Бас, қачонки уларга огоҳлантиргувчи (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) келгач, (бу) уларни янада (ҳидоятдан) узоқлаштирди, холос.
Arab mushriklari oʻz yurtlarida, xususan, Madiynada yahudiylar bilan yonma-yon yashar edilar. Ularning tarixlari va qissalarini eshitgan edilar. Shuningdek, nasorolar ahvolidan ham bir oz boʻlsa-da, xabardor edilar. Bu ikki qavmning oʻzlariga ogohlantiruvchi–Paygʻambarlar kelganidan keyin ham yoʻldan ozib ketganlari arablarni ajablantirar edi. Ular oʻzlaricha, agar bizga ogohlantiruvchi–Paygʻambar kelsa, anavilarga oʻxshab yurmaymiz, oʻsha Paygʻambar keltirgan taʼlimotlarga amal etib, eng hidoyatli ummat boʻlamiz, deb qasam ichar edilar. Oyatda arab mushriklarining oʻsha qasamlari eslatilib, soʻngra nimalar boʻlgani fosh etilmoqda.
«Ular jon-jahdlari bilan, agar oʻzlariga ogohlantiruvchi kelsa, har qanday ummatdan koʻra hidoyatli boʻlishlari haqida Alloh nomi ila qasam ichar edilar.»
Vaqti-soati kelib, Alloh taolo boshqa ummatlarga ogohlantiruvchi–Paygʻambar yuborganidek, qasam ichib yurgan oʻsha arablarga ham oʻzlari ichidan Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ogohlantiruvchi–Paygʻabar qilib yubordi.
«Qachonki ogohlantiruvchi kelganida, ularda nafratdan boshqani ziyoda qilmadi.»
Ogohlantiruvchi–Paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻsha arablarga kelganlarida, u zotning kelishlari arablarning nafratini oshirdi, xolos. Undan boshqa narsani ziyoda qilmadi. Ular ichgan qasamlarini ham unutdilar.
Bergan vaʼdalarini esdan chiqardilar. Paygʻambardan, dindan, iymondan va ilohiy kitobdan nafratlandilar, ulardan hurkib qochdilar.
Ular bu ishni