QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят43

ٱسْتِكْبَارًا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَكْرَ ٱلسَّيِّئِ ۚ وَلَا يَحِيقُ ٱلْمَكْرُ ٱلسَّيِّئُ إِلَّا بِأَهْلِهِۦ ۚ فَهَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا سُنَّتَ ٱلْأَوَّلِينَ ۚ فَلَن تَجِدَ لِسُنَّتِ ٱللَّهِ تَبْدِيلًا ۖ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّتِ ٱللَّهِ تَحْوِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yer yuzida mutakabbirlik va yomon makr uchun (qildilar). Yomon makr esa, faqat o`z egasiga qaytadir. Ular faqat ilgarigilarning sunnatiga intizor bo`lmoqdalar, xolos. Allohning sunnatiga hargiz badal topa olmassan. Allohning sunnatiga hargiz o`zgartirish topa olmassan.Ер юзида мутакаббирлик ва ёмон макр учун (қилдилар). Ёмон макр эса, фақат ўз эгасига қайтадир. Улар фақат илгаригиларнинг суннатига интизор бўлмоқдалар, холос. Аллоҳнинг суннатига ҳаргиз бадал топа олмассан. Аллоҳнинг суннатига ҳаргиз ўзгартириш топа олмассан.Alauddin Mansour: Ular Yerda mutakabbirlik qilgan va (paygʻambarga qarshi) yomon makr-hiyla qilgan hollarida (hidoyatdan uzoqlashdilar). Yomon makr-hiyla esa faqat oʻz egalarini oʻrab halok qilur. Bas, ular faqat avvalgilarning sunnatlariga (yaʼni, koʻrguliklariga) koʻz tutmoqdalar, xolos (yaʼni, ularning ham boshlariga avvalgi dinsizlarning kuni tushar). Bas, siz hargiz Alloh sunnati-qonunining oʻzgarganini koʻrmassiz va hargiz Alloh sunnatining aylanganini (yaʼni, azobga mustahiq boʻlgan kimsalar qolib, oʻzgalar azoblanganini) koʻrmassiz.Улар Ерда мутакаббирлик қилган ва (пайғамбарга қарши) ёмон макр-ҳийла қилган ҳолларида (ҳидоятдан узоқлашдилар). Ёмон макр-ҳийла эса фақат ўз эгаларини ўраб ҳалок қилур. Бас, улар фақат аввалгиларнинг суннатларига (яъни, кўргуликларига) кўз тутмоқдалар, холос (яъни, уларнинг ҳам бошларига аввалги динсизларнинг куни тушар). Бас, сиз ҳаргиз Аллоҳ суннати-қонунининг ўзгарганини кўрмассиз ва ҳаргиз Аллоҳ суннатининг айланганини (яъни, азобга мустаҳиқ бўлган кимсалар қолиб, ўзгалар азобланганини) кўрмассиз.

439-sahifa · 22-juz · 44-hizb439-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱسْتِكْبَارًۭاmutakabbirlik uchunмутакаббирлик учунفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиوَمَكْرَva makr (qilish) uchunва макр (қилиш) учунٱلسَّيِّئِ ۚyomonёмонوَلَاva emasва эмасيَحِيقُqaytadi (oʻrab oladi)қайтади (ўраб олади)ٱلْمَكْرُmakrмакрٱلسَّيِّئُyomonёмонإِلَّاfaqatфақатبِأَهْلِهِۦ ۚoʻz egasigaўз эгасигаفَهَلْbas, ...miбас, ...миيَنظُرُونَular intizor boʻlmoqdalarулар интизор бўлмоқдаларإِلَّاfaqatфақатسُنَّتَsunnatigaсуннатигаٱلْأَوَّلِينَ ۚilgarigilarningилгаригиларнингفَلَنbas, hargiz emasбас, ҳаргиз эмасتَجِدَtopa olursanтопа олурсанلِسُنَّتِsunnatigaсуннатигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингتَبْدِيلًۭا ۖbadalбадалوَلَنva hargiz emasва ҳаргиз эмасتَجِدَtopa olursanтопа олурсанلِسُنَّتِsunnatigaсуннатигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингتَحْوِيلًاoʻzgartirishўзгартириш
TafsirТафсир

Mushriklarning ogohlantiruvchi–Paygʻambardan nafratlanib, undan uzoqlab qochishiga sabab yer yuzida mutakabbirlik va yomon makr-hiylalarni amalga oshirish edi. Holbuki,

«Yomon makr esa, faqat oʻz egasiga qaytadir».

Mushriklarning ogohlantiruvchi–Paygʻambardan qochishlari ham oʻzlariga yomonlik keltirdi.

Oʻsha mushriklar Paygʻambardan nafratlanib, yer yuzida mutakabbirlik va yomon makr-hiylalar qilib nimaga erishmoqchilar? Ular nimani kutmoqdalar?

«Ular faqat ilgarigilarning sunnatiga intizor boʻlmoqdalar, xolos.»

Oʻzlaridan avval oʻtganlarga qanday muomala qilish odatga aylangan boʻlsa, bularga ham shu qonun joriy qilinadi. Ular xuddi ana shu narsani kutmoqdalar, xolos. Oʻshalarga oʻxshab Allohning gʻazabiga uchrab halokatga yoʻliqishlarni kutmoqdalar, xolos. Chunki, ilgari oʻtganlardan qolgan sunnat–qonun shudir.

«Allohning sunnatiga hargiz badal topa olmassan.»

Allohning sunnati–qonuni oʻrniga boshqa qonun qoʻya olmassan. Allohning sunnati qadimdan kofirlarning joriy sunnati– qonunini halok qilish boʻlgan. Demak, bu kofirlar ham halok boʻladilar. Bularga kelganda Allohning sunnati–qonuni oʻrniga boshqa sunnat-qonunni qoʻyib ularni halokatdan qutqarib qola olmaysan.

«Allohning sunnatiga hargiz oʻzgartirish topa olmassan.»

Bu sunnat–qonun oʻzgarmaydigan qonundir. Kofir boʻlsa, halokatga uchraydi. Boshqa gap yoʻq. Demak, bularning ham halokatga uchrashi aniq. Bu kofirlarga kelganda Allohning sunnati–qonuni oʻzgarib qolmaydi.