QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят4

وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌ مِّن قَبْلِكَ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar seni yolg`onchiga chiqarsalar, bas, sendan oldin ham Payg`ambarlar yolg`onchi qilinganlar. Barcha ishlar Allohga qaytarilur.Агар сени ёлғончига чиқарсалар, бас, сендан олдин ҳам Пайғамбарлар ёлғончи қилинганлар. Барча ишлар Аллоҳга қайтарилур.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), agar (mushriklar) sizni yolgʻonchi qilsalar, bas, (bilingki), sizdan avvalgi paygʻambarlar ham yolgʻonchi qilingandirlar. (Barcha) ishlar yolgʻiz Allohga qaytarilur.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), агар (мушриклар) сизни ёлғончи қилсалар, бас, (билингки), сиздан аввалги пайғамбарлар ҳам ёлғончи қилингандирлар. (Барча) ишлар ёлғиз Аллоҳга қайтарилур.

435-sahifa · 22-juz · 44-hizb435-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنva agarва агарيُكَذِّبُوكَseni yolgʻonchiga chiqarsalarсени ёлғончига чиқарсаларفَقَدْbas, batahqiqбас, батаҳқиқكُذِّبَتْyolgʻonchi qilinganlarёлғончи қилинганларرُسُلٌۭPaygʻambarlarПайғамбарларمِّن-dan-данقَبْلِكَ ۚsendan oldinсендан олдинوَإِلَىva -gaва -гаٱللَّهِAllohgaАллоҳгаتُرْجَعُqaytarilurқайтарилурٱلْأُمُورُbarcha ishlarбарча ишлар
TafsirТафсир

Kofirlarning Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarishlari yangilik emas. Ulardan doimo shu ish sodir boʻlib kelgan. Osmonlaru yerni yoʻqdan bor qilgan, aziyzu gʻolib, hakiymu mudabbir, xoliqu razzoq boʻlgan Alloh taolo ularga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatsin deb huzuridan Paygʻambar yuborsa, ular Allohning elchilarini yolgʻonchiga chiqarganlar. Shuning uchun:

«Agar seni yolgʻonchiga chiqarsalar, bas, sendan oldin ham Paygʻambarlar yolgʻonchi qilinganlar», demoqda Alloh taolo.

Bunaqa munosabatga ajablanish yoki xafa boʻlishning hojati yoʻq. Modomiki Allohni tanimas ekanlar, Uning bergan neʼmatlarini tan olmas ekanlar, Paygʻambarlarni yolgʻonchi qilishlari turgan gap. Lekin bundan kofirlar shuncha ishlarni qilsalar ham, hech balo boʻlmas ekan-da, degan fikrga borish kerak emas.

«Barcha ishlar Allohga qaytarilur.»

Jumladan, kofirlarning qilmishlari ham, ularning Paygʻambarlarni va, xususan, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni yolgʻonchiga chiqarganlari ham Allohga qaytariladi. Ana oʻshanda Alloh taolo ularni Oʻzi bilib jazolaydi. Buni hech kim hech qachon esdan chiqarmasligi kerak.