QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят5

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ ۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِٱللَّهِ ٱلْغَرُورُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey odamlar! Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, dunyo hayoti sizni g`ururga ketkazmasin. O`ta g`ururga ketkazguvchi sizni Alloh ila g`ururga ketkazmasin.Эй одамлар! Албатта, Аллоҳнинг ваъдаси ҳақдир. Бас, дунё ҳаёти сизни ғурурга кетказмасин. Ўта ғурурга кетказгувчи сизни Аллоҳ ила ғурурга кетказмасин.Alauddin Mansour: Ey insonlar, albatta Allohning (qayta tiriltirish va bu dunyoda qilib oʻtilgan yaxshi-yomon amallarning mukofot jazosini berish toʻgʻrisidagi) vaʼdasi haq (vaʼdadir). Bas, hargiz sizlarni hayoti dunyo aldab qoʻymasin! Va hargiz sizlarni Alloh (barcha gunohlarni kechib yuboraveradi, deb) aldaguvchi (shayton) aldab qoʻymasin!Эй инсонлар, албатта Аллоҳнинг (қайта тирилтириш ва бу дунёда қилиб ўтилган яхши-ёмон амалларнинг мукофот жазосини бериш тўғрисидаги) ваъдаси ҳақ (ваъдадир). Бас, ҳаргиз сизларни ҳаёти дунё алдаб қўймасин! Ва ҳаргиз сизларни Аллоҳ (барча гуноҳларни кечиб юбораверади, деб) алдагувчи (шайтон) алдаб қўймасин!

435-sahifa · 22-juz · 44-hizb435-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلنَّاسُodamlarодамларإِنَّalbattaалбаттаوَعْدَvaʼdasiваъдасиٱللَّهِAllohningАллоҳнингحَقٌّۭ ۖhaqdirҳақдирفَلَاbas, emasбас, эмасتَغُرَّنَّكُمُsizlarni gʻururga ketkazsinсизларни ғурурга кетказсинٱلْحَيَوٰةُhayotiҳаётиٱلدُّنْيَا ۖbu dunyoбу дунёوَلَاva emasва эмасيَغُرَّنَّكُمsizlarni aldasinсизларни алдасинبِٱللَّهِAlloh haqidaАллоҳ ҳақидаٱلْغَرُورُoʻta gʻururga ketkazguvchi (shayton)ўта ғурурга кетказгувчи (шайтон)
TafsirТафсир

Ey odamlar, turli xayollarga borib, gʻofil qolmang.

«Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir.»

U zot, qiyomat boʻladi, deb vaʼda berganmi, demak, qiyomat boʻlishi haq. U zot, oʻlganlar qayta tiriladi, deb vaʼda berganmi, demak, qayta tirilish haq. U zot, bu dunyodagi ishlar oxiratda hisob-kitob qilinadi, deb vaʼda berganmi, demak, oxiratdagi hisob-kitob haq. Kofirlar, mushriklar, munofiqlar, osiylar va gunohkorlar doʻzaxda azoblanadi, deb vaʼda berganmi, demak, ularning azoblanishi haq.

«Bas, dunyo hayoti sizni gʻururga ketkazmasin...»

Bu dunyo hayotining oʻtkinchi matohlariga berilib, aldanib qolmang. Bu dunyo hayotiga oxiratni almashmang.

«Oʻta gʻururga ketkazguvchi sizni Alloh ila gʻururga ketkazmasin.»

Bu jumladagi «oʻta gʻururga ketkazuvchi»dan murod shaytondir. Shayton odamlarni eng koʻp gʻururga ketkazadi va aldaydi. Yaʼni, hech narsaga parvo qilma, Allohning Oʻzi kechirguvchi, deb odamlarni gunoh ishlarga chorlaydi. Alloh taoloning afv etishi va magʻfirat qilishini suiisteʼmol etib, Alloh Oʻzi kechirar, deb har xil gunohlarga qoʻl uraverish naqadar yomon shaytoniy ish ekanini hech qachon esdan chiqarmaslik zarur boʻladi.