QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Fatir surasi · Oyatсураси · Оят6

إِنَّ ٱلشَّيْطَـٰنَ لَكُمْ عَدُوٌّ فَٱتَّخِذُوهُ عَدُوًّا ۚ إِنَّمَا يَدْعُوا۟ حِزْبَهُۥ لِيَكُونُوا۟ مِنْ أَصْحَـٰبِ ٱلسَّعِيرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, shayton sizga dushmandir. Bas, uni dushman tuting. U o`z guruhini faqat o`ta qizigan do`zaxga ega bo`lishlariga chaqirur.Албатта, шайтон сизга душмандир. Бас, уни душман тутинг. У ўз гуруҳини фақат ўта қизиган дўзахга эга бўлишларига чақирур.Alauddin Mansour: Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! Shak-shubhasiz, u, oʻz firqasini (yaʼni, oʻziga ergashgan kimsalarni) doʻzax egalari boʻlishlari uchun daʼvat qilur.Аниқки, шайтон сизларга душмандир, бас, уни душман тутинглар! Шак-шубҳасиз, у, ўз фирқасини (яъни, ўзига эргашган кимсаларни) дўзах эгалари бўлишлари учун даъват қилур.

435-sahifa · 22-juz · 44-hizb435-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلشَّيْطَـٰنَshaytonшайтонلَكُمْsizgaсизгаعَدُوٌّۭdushmandirдушмандирفَٱتَّخِذُوهُbas, uni tutingбас, уни тутингعَدُوًّا ۚdushmanдушманإِنَّمَاfaqatфақатيَدْعُوا۟chaqiradiчақирадиحِزْبَهُۥoʻz guruhiniўз гуруҳиниلِيَكُونُوا۟boʻlishlari uchunбўлишлари учунمِنْ-dan-данأَصْحَـٰبِegalaridanэгалариданٱلسَّعِيرِoʻta qizigan doʻzaxўта қизиган дўзах
TafsirТафсир

Shaytonning inson bolasiga dushmanligida hech shubha yoʻq. Bu azaliy dushmanlikdir. Buni shaytonning oʻzi ochiq-oydin aytgan. Alloh taolo ham qayta-qayta uqdirgan. Hozirgi oyatda ham Alloh taolo:

«Albatta, shayton sizga dushmandir», deb taʼkidlamoqda. Bunga shak-shubha qolmadi. Shaytonning insonga dushmanlik qilishiga ajablanmasa ham boʻladi. Lekin ajablanarlisi shuki, inson shaytonni oʻziga doʻst tutib yuradi. Shayton oʻzining eng katta dushmani ekanini koʻra bila turib, uning aytganini qiladi. Uning igʻvosiga uchadi, yolgʻoniga aldanadi.

Ey odamlar, nahotki bu oddiy haqiqatni tushunib yetmaysiz! Shayton sizga dushman boʻlganidan keyin, unga oʻziga yarasha munosabatda boʻling:

«Bas, uni dushman tuting».

Unga ochiq-oydin dushman deb qarang. Uning aytganini qilmang, igʻvosiga uchmang, yoʻliga yurmang. Chunki:

«U oʻz guruhini faqat oʻta qizigan doʻzaxga ega boʻlishlariga chaqirur».

Uning chaqirigʻiga yuradigan boʻlsangiz, doʻzaxiy boʻlishingiz turgan gap.