وَسَوَآءٌ عَلَيْهِمْ ءَأَنذَرْتَهُمْ أَمْ لَمْ تُنذِرْهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularga bari birdir — qo`rqitsang ham va yoki qo`rqitmasang ham — iymonga kelmaslar.Ва уларга бари бирдир — қўрқитсанг ҳам ва ёки қўрқитмасанг ҳам — иймонга келмаслар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz ularni ogohlantirdingizmi yoki ogohlantirmadingizmi ularga barobardir — iymon keltirmaslar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз уларни огоҳлантирдингизми ёки огоҳлантирмадингизми уларга баробардир — иймон келтирмаслар.
Alloh taolo Oʻzining azaliy ilmi ila ularning qalbiga iymon taʼsir qilmasligini bilganidan, hukmini chiqarib boʻlgan. Ular baribir iymonga kelmaydilar. Shuning uchun, ularga qoʻrqitish taʼsir qilmaydi. Ular betaʼsir boʻlib boʻlganlar.