وَجَعَلْنَا مِنۢ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ سَدًّا وَمِنْ خَلْفِهِمْ سَدًّا فَأَغْشَيْنَـٰهُمْ فَهُمْ لَا يُبْصِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Biz ularning oldidan ham to`siq qildik, orqalaridan ham to`siq qildik, ko`zlariga parda tortdik. Bas, ular ko`rmaslar.Ва Биз уларнинг олдидан ҳам тўсиқ қилдик, орқаларидан ҳам тўсиқ қилдик, кўзларига парда тортдик. Бас, улар кўрмаслар.Alauddin Mansour: Va Biz ularning oldilaridan bir toʻsiq — parda qilib, ularni oʻrab qoʻydik. Bas, ular koʻra olmaslar.Ва Биз уларнинг олдиларидан бир тўсиқ — парда қилиб, уларни ўраб қўйдик. Бас, улар кўра олмаслар.
Boʻyniga qoʻlini qoʻshib kishanlangan, koʻzi yumuq holda osmonga qaratib, gʻoʻdaytirib qoʻyilgan odamning biror narsani koʻrmasligi uchun oldidan ham, ortidan ham toʻsiq qoʻyilgan. Kamiga, yana koʻziga ham parda tortilgan. Bu degani, oʻzi koʻr odamning koʻzlari yana turli tomondan toʻsib qoʻyilgan, deganidir. U odam mutlaqo hech narsani koʻrmay qoladi.
Shunday holatdagi odamning biror narsani koʻra olishiga umid boʻlmaganidek, haligi kofirlarning ham iymonga kelishidan umid yoʻq.