QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят8

إِنَّا جَعَلْنَا فِىٓ أَعْنَـٰقِهِمْ أَغْلَـٰلًا فَهِىَ إِلَى ٱلْأَذْقَانِ فَهُم مُّقْمَحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ularning bo`yinlariga kishanlar soldik. Ular iyaklarigacha yetadir. Bas, ular ko`zlari yumuq, osmonga qarab g`o`dayib qoldilar.Биз уларнинг бўйинларига кишанлар солдик. Улар иякларигача етадир. Бас, улар кўзлари юмуқ, осмонга қараб ғўдайиб қолдилар.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz ularning boʻyinlariga to iyaklarigacha (yetadigan) kishanlarni urib qoʻydik, bas, ular gʻoʻdayib qoldilar (yaʼni, ular Haqqa egilmaslar).Дарҳақиқат, Биз уларнинг бўйинларига то иякларигача (етадиган) кишанларни уриб қўйдик, бас, улар ғўдайиб қолдилар (яъни, улар Ҳаққа эгилмаслар).

440-sahifa · 22-juz · 44-hizb440-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизجَعَلْنَاsoldikсолдикفِىٓ-ga-гаأَعْنَـٰقِهِمْularning boʻyinlarigaуларнинг бўйинларигаأَغْلَـٰلًۭاkishanlarкишанларفَهِىَbas, ularбас, уларإِلَى-gacha-гачаٱلْأَذْقَانِiyaklarиякларفَهُمbas, ularбас, уларمُّقْمَحُونَgʻoʻdayib qolguvchilardirғўдайиб қолгувчилардир
TafsirТафсир

Bu oyatda kofirlarning iymonga yurmasliklari jonli misol orqali vasf qilinmoqda. Kishan, odatda, qoʻlga solinadi. Ammo bularning kishanlari qoʻllari, iyaklari ostidan oʻtib, boʻyinlariga chirmalgan. Kishan boʻyinni ham, qoʻlni ham egilmaydigan qilib koʻtarib turibdi. Koʻzlari yumuq holda osmonga qarab, gʻoʻdayib qolganlar. Albatta, bu holdagi odam egilib, boshini u yon-bu yonga burib, biror narsani koʻra olishi qiyin. Fofilliklari sababli azob soʻzi haq boʻlgan kofirlarning holi ham xuddi shunday, ularning iymonga kelishiga umid yoʻq.