QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят11

إِنَّمَا تُنذِرُ مَنِ ٱتَّبَعَ ٱلذِّكْرَ وَخَشِىَ ٱلرَّحْمَـٰنَ بِٱلْغَيْبِ ۖ فَبَشِّرْهُ بِمَغْفِرَةٍ وَأَجْرٍ كَرِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen esa, faqat Zikr(eslatma)ga ergashgan va Rohmandan g`oyibona qo`rqqan kimsani ogohlantirursan. Bas, unga mag`firat va go`zal ajrning xushxabarini ber.Сен эса, фақат Зикр(эслатма)га эргашган ва Роҳмандан ғойибона қўрққан кимсани огоҳлантирурсан. Бас, унга мағфират ва гўзал ажрнинг хушхабарини бер.Alauddin Mansour: Siz faqat ergashgan va gʻoyibda (yaʼni, koʻrmay) turib, Rahmondan qoʻrqqan kishilarnigina ogohlantira olursiz. Bas, oʻsha (kishilarga) magʻfirat va ulugʻ ajr (jannat) xushxabarini bering!Сиз фақат эргашган ва ғойибда (яъни, кўрмай) туриб, Раҳмондан қўрққан кишиларнигина огоҳлантира олурсиз. Бас, ўша (кишиларга) мағфират ва улуғ ажр (жаннат) хушхабарини беринг!

440-sahifa · 22-juz · 44-hizb440-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّمَاfaqatфақатتُنذِرُogohlantirasanогоҳлантирасанمَنِkimsaniкимсаниٱتَّبَعَergashganэргашганٱلذِّكْرَzikr-eslatmagaзикр-эслатмагаوَخَشِىَva qoʻrqqanва қўрққанٱلرَّحْمَـٰنَRohmandanРоҳманданبِٱلْغَيْبِ ۖgʻoyibonaғойибонаفَبَشِّرْهُbas, unga xushxabar berбас, унга хушхабар берبِمَغْفِرَةٍۢmagʻfirat ilaмағфират илаوَأَجْرٍۢva ajrва ажрكَرِيمٍgoʻzal (karamli)гўзал (карамли)
TafsirТафсир

Ushbu oyatdagi «zikr»dan murod Qurʼoni Karimdir. Demak, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning asosiy vazifalari, avvalo, hammaga daʼvatni bir bora yetkazishlikdir. Soʻngra, ularning daʼvatdan taʼsirlanib, Qurʼonga ergashgan va Allohdan qoʻrqqanlariga Islom taʼlimotlarini yetkazishdir. Koʻzni yumib, boshini osmonga koʻtargancha gʻoʻdayib qolganlarga eʼtibor bermaslikdir. Chunki, ular boʻlari boʻlgan odamlar. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam qancha urinsalar ham, foyda chiqmaydi. Shuning uchun, ularni qoʻyib, asosiy eʼtiborni Qurʼonga ergashgan va Allohdan qoʻrqqanlarga qaratishlari kerak.

«Sen esa, faqat zikr(eslatma)ga ergashgan va Rohmandan gʻoyibona qoʻrqqan kimsani ogohlantirursan.»

Bunday saodatmand kishiga, eng avvalo, bashorat berib, unga iymoni, Qurʼonga ergashgani va Rohmandan qoʻrqqani uchun gunohlari magʻfirat qilinishining, oxiratda goʻzal ajrga–jannatga erishishining xushxabarini yetkazmoq kerak.

«Bas, unga magʻfirat va goʻzal ajrning xushxabarini ber.»

Paygʻambarlikka tegishli gaplardan soʻng, oʻliklarni qayta tiriltirish haqida soʻz boradi: