QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят12

إِنَّا نَحْنُ نُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ وَنَكْتُبُ مَا قَدَّمُوا۟ وَءَاثَـٰرَهُمْ ۚ وَكُلَّ شَىْءٍ أَحْصَيْنَـٰهُ فِىٓ إِمَامٍ مُّبِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz O`zimiz o`liklarni tiriltirurmiz va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz. Ochiq-oydin imomda(ya'ni nomai a'molda) har bir narsaning hisobini olib qo`yganmiz.Албатта, Биз Ўзимиз ўликларни тирилтирурмиз ва улар тақдим қилган нарсаларни ва қолдирган асарларни ёзурмиз. Очиқ-ойдин имомда(яъни номаи аъмолда) ҳар бир нарсанинг ҳисобини олиб қўйганмиз.Alauddin Mansour: Albatta Biz Oʻzimizgina oʻliklarni tiriltirurmiz va ularning qilgan amallarini hamda (qoldirgan) izlarini yozib qoʻyurmiz. Barcha narsani Biz ochiq Kitobda (yaʼni, Lavhul-Mahfuzda) belgilab qoʻygandirmiz.Албатта Биз Ўзимизгина ўликларни тирилтирурмиз ва уларнинг қилган амалларини ҳамда (қолдирган) изларини ёзиб қўюрмиз. Барча нарсани Биз очиқ Китобда (яъни, Лавҳул-Маҳфузда) белгилаб қўйгандирмиз.

440-sahifa · 22-juz · 44-hizb440-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّاalbatta, Bizалбатта, БизنَحْنُOʻzimizЎзимизنُحْىِtiriltirurmizтирилтирурмизٱلْمَوْتَىٰoʻliklarniўликларниوَنَكْتُبُva yozurmizва ёзурмизمَاnarsalarniнарсаларниقَدَّمُوا۟ular taqdim qilganулар тақдим қилганوَءَاثَـٰرَهُمْ ۚva ularning asarlariniва уларнинг асарлариниوَكُلَّva harва ҳарشَىْءٍnarsa(ning hisobini)нарса(нинг ҳисобини)أَحْصَيْنَـٰهُuni hisoblab olib qoʻyganmizуни ҳисоблаб олиб қўйганмизفِىٓ-da-даإِمَامٍۢimom (kitob)имом (китоб)مُّبِينٍۢochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Ushbu oyatda Alloh taolo oʻlganlar albatta tirilishlari va qilgan amallari uchun javob berishlarini taʼkidlab turib, xabar bermoqda.

«Albatta, Biz Oʻzimiz oʻliklarni tiriltirurmiz...»

Bu ish albatta boʻladi, boʻlmay qolmaydi. Biz Oʻzimiz tiriltiramiz. Bizdan boshqa hech kim tiriltirmaydi. «Albatta» deb taʼkidlanmaganida, shubha qilsa boʻlardi. «Biz Oʻzimiz» deyilmaganida ham, shubha qilish mumkin edi. Ammo ham «albatta», ham «Biz Oʻzimiz» deganimizdan keyin hech qanday shubhaga oʻrin yoʻq. Qiyomat kuni oʻliklarni qayta tiriltirishimiz muqarrar.

«...va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz.»

Hayotlari davomida ular nimaiki qilgan boʻlsa, hammasini yozamiz. Ular oʻzlaridan keyin nima asar–iz qoldirsalar, uni ham yozamiz. Hech bir narsa chetda qolmaydi.

«Ochiq-oydin imomda(yaʼni nomai-aʼmolda) har bir narsaning hisobini olib qoʻyganmiz.»

«Ochiq-oydin imom»dan murod nomai aʼmoldir. Oʻsha «nomai aʼmol» deb nomlangan ravshan imom–kitobda Alloh taolo bu dunyoda boʻlib oʻtgan har bir narsaning hisobini toʻliq qilib qoʻygan. Oʻliklar tiriltirilganda ana oʻshanga qarab hisob-kitob qilinadilar.

Oʻtgan oyatlardan maʼlum boʻldiki, Alloh haq, Qurʼon haq, Paygʻambar haq va oʻlgandan keyin tirilib, hisob-kitob qilinish haq. Shunday ekan, odamlar Allohga iymon keltirib yashashlari kerak. Qurʼonga amal qilishlari kerak. Paygʻambarga ergashishlari kerak. Oʻlgandan keyin qayta tiriladigan kunga tayyorlanishlari kerak. Aks holda, ishlari chatoq boʻladi. Oldin oʻtgan ummatlarda bunga misollar koʻp.

Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, ularga oʻtgan qavmlardan birining misolini keltirishga amr etadi: