QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят13

وَٱضْرِبْ لَهُم مَّثَلًا أَصْحَـٰبَ ٱلْقَرْيَةِ إِذْ جَآءَهَا ٱلْمُرْسَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen ularga Payg`ambarlar shahar aholisiga kelgan paytni misol qilib keltir.Сен уларга Пайғамбарлар шаҳар аҳолисига келган пайтни мисол қилиб келтир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz ularga (Antokiya) qishlogʻining ahlini — u joyga elchilar kelgan paytini misol keltiring!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз уларга (Антокия) қишлоғининг аҳлини — у жойга элчилар келган пайтини мисол келтиринг!

441-sahifa · 22-juz · 44-hizb441-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱضْرِبْva misol qilib keltirва мисол қилиб келтирلَهُمulargaуларгаمَّثَلًاmisolмисолأَصْحَـٰبَaholisiniаҳолисиниٱلْقَرْيَةِshaharшаҳарإِذْoʻshandaўшандаجَآءَهَاunga kelgan ediунга келган эдиٱلْمُرْسَلُونَPaygʻambarlarПайғамбарлар
TafsirТафсир

Bu shahar qaysi shahar ekani, qaysi Paygʻambarlar kelgani haqida Qurʼoni Karimda va sahih hadislarda ochiq-oydin maʼlumotlar yoʻq. Demak, bu oyatni shu holicha qabul qilgan maʼqul. Lekin koʻpgina tafsirlarimizda shaharning nomi Antokiya ekani, unga Paygʻambarlar emas, Iyso alayhissalomning elchilari Sodiq, Masduq va Shamʼunlar kelgani aytilgan boʻlsa ham, hech biriga asos yoʻq. Muhaqqiq tafsirchilarimizdan baʼzilari buni Bani Isroilliklar toʻqigan qissalardan deb biladilar.

Hofiz ibn Kasir bu xususda keltirilgan maʼlumotlardan keyin quyidagicha xulosa chiqaradilar: «Shaharga yuborilganlar Allohning Paygʻambarlaridir, Iyso alayhissalomning elchilari emas. Shahar ham Antokiya emas. Chunki, keyingi oyatlar shuni maʼlum qiladi. Eng muhimi, Antokiya ahli Iyso alayhissalomni inkor qilmagani, u kishiga birinchi boʻlib iymon keltirgani tarixdan maʼlum va mashhurdir».

Biz ham shuni aytmoqchimizki, shaharning nomini, yuborilgan kishilarning kimligini, ismlari nima ekanini bildirish kerak boʻlganida, Alloh xabarini berar edi. Bu yerda eng muhimi ibrat ola bilishdir. Oʻtganlarning oqibatidan xulosa chiqarib, kufrdan qochish, iymonga yurish zarurligini anglatishdir. Mana, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Alloh tomonidan ochiq-oydin Paygʻambar boʻlib kelib turibdilar. Lekin qavmlari u zot sollallohu alayhi vasallamni inkor etib, iymonga kelmayaptilar. Qurʼon oyatlariga ham ishonmayaptilar. Ana oʻshalarga ham, boshqalarga ham ibrat boʻlsin uchun oʻtgan qavmlardan birining qissasi misol qilib keltirilmoqda.