QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят14

إِذْ أَرْسَلْنَآ إِلَيْهِمُ ٱثْنَيْنِ فَكَذَّبُوهُمَا فَعَزَّزْنَا بِثَالِثٍ فَقَالُوٓا۟ إِنَّآ إِلَيْكُم مُّرْسَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda Biz ularga ikkitani yuborgan edik, ular ikkovlarini yolg`onchiga chiqardilar. Bas, Biz uchinchi bilan qo`lladik. Shunda: «Albatta, biz sizlarga yuborilgan Payg`ambarlarmiz», dedilar.Ўшанда Биз уларга иккитани юборган эдик, улар икковларини ёлғончига чиқардилар. Бас, Биз учинчи билан қўлладик. Шунда: «Албатта, биз сизларга юборилган Пайғамбарлармиз», дедилар.Alauddin Mansour: Oʻshanda Biz ularga ikki (elchini) yuborganimizda, u ikkisini yolgʻonchi qilishgach, uchinchi (elchi) bilan quvvatlantirdik. Bas, (uchchala elchi Antokiya ahliga): «Darhaqiqat, biz sizlarga (yuborilgan) elchilarmiz», degan edilar.Ўшанда Биз уларга икки (элчини) юборганимизда, у иккисини ёлғончи қилишгач, учинчи (элчи) билан қувватлантирдик. Бас, (уччала элчи Антокия аҳлига): «Дарҳақиқат, биз сизларга (юборилган) элчилармиз», деган эдилар.

441-sahifa · 22-juz · 44-hizb441-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْoʻshandaўшандаأَرْسَلْنَآyuborgan edikюборган эдикإِلَيْهِمُulargaуларгаٱثْنَيْنِikkitaniиккитаниفَكَذَّبُوهُمَاbas, ikkovlarini yolgʻonchiga chiqardilarбас, икковларини ёлғончига чиқардиларفَعَزَّزْنَاbas, quvvatladikбас, қувватладикبِثَالِثٍۢuchinchi bilanучинчи биланفَقَالُوٓا۟bas, dedilarбас, дедиларإِنَّآalbatta, bizалбатта, бизإِلَيْكُمsizlargaсизларгаمُّرْسَلُونَyuborilgan Paygʻambarlarmizюборилган Пайғамбарлармиз
TafsirТафсир

Mazkur shaharning aholisi oʻzining oʻta buzuq tabiati bilan mashhur boʻlsa kerakki, Alloh taolo ularga bitta emas, birdaniga ikkita Paygʻambar yuborgan ekan. «Oʻshanda Biz ularga ikkitani yuborgan edik...» Yaʼni, mazkur shahar aholisiga ikkita Paygʻambarni yuborgan edik. «...ular ikkovlarini yolgʻonchiga chiqardilar.» Bir yoʻla ikki Paygʻambarning kelishi ham foyda bermadi. Shahar aholisining buzuq tabiati buzuqligiga bordi va ikkala Paygʻambarni ham yolgʻonchiga chiqardilar. «Bas, Biz uchinchi bilan qoʻlladik.» Ikki Paygʻambarni uchinchi Paygʻambar bilan quvvatladik. «Shunda» ular uchovlon shahar aholisiga borib: «Albatta, biz sizlarga yuborilgan Paygʻambarlarmiz, dedilar». Ular oʻzlarining Paygʻambar ekanlarini taʼkidlab aytdilar. Shahar aholisi yana rad javobini berdi.