قَالُوا۟ مَآ أَنتُمْ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُنَا وَمَآ أَنزَلَ ٱلرَّحْمَـٰنُ مِن شَىْءٍ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا تَكْذِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Siz bizga o`xshagan bashardan boshqa narsa emassiz. Rohman hech narsa nozil qilgani yo`q. Sizlar faqat yolg`on so`zlamoqdasiz, xolos», dedilar.Улар: «Сиз бизга ўхшаган башардан бошқа нарса эмассиз. Роҳман ҳеч нарса нозил қилгани йўқ. Сизлар фақат ёлғон сўзламоқдасиз, холос», дедилар.Alauddin Mansour: Ular: «Sizlar ham xuddi oʻzimizga oʻxshagan odamlarsiz. Rahmon (yaʼni, Alloh) biron narsa — vahiy nozil qilgani yoʻq. Sizlar faqat yolgʻon soʻzlamoqdasizlar», dedilar.Улар: «Сизлар ҳам худди ўзимизга ўхшаган одамларсиз. Раҳмон (яъни, Аллоҳ) бирон нарса — ваҳий нозил қилгани йўқ. Сизлар фақат ёлғон сўзламоқдасизлар», дедилар.
Bu shahar aholisining tasavvuricha ham, boshqa kofirlarning tasavvuri singari, Paygʻambar oddiy bashar boʻlishi mumkin emas. Ularning nazarida, Paygʻambarlar qandaydir boshqacha suratda boʻlishi kerak. Shuning uchun ham, Paygʻambarlarga:
«Ular: «Siz bizga oʻxshagan bashardan boshqa narsa emassiz...» deb kufr keltirdilar.
Mantiqni qarang: Alloh yuborgan Paygʻambarlar oʻzlariga oʻxshagan odam boʻlgani uchun ularni inkor qilishmoqda. Soʻrabsurishtirish yoʻq. Aytayotgan gaplarini tinglab-eshitish yoʻq. Solishtirib koʻrish yoʻq. Oʻylab, fikr yuritish yoʻq. Toʻgʻridan-toʻgʻri, sizlar ham bizga oʻxshagan odamsizlar, Paygʻambar emassizlar, deyishmoqda. Holbuki, odamlarga odamzotdan boshqasi Paygʻambar boʻlmaydi, boʻlishi mumkin ham emas.
Tabiati buzuq shahar aholisi oʻsha Paygʻambarlarga Allohdan vahiy tushganini ham bir yoʻla inkor qilib:
«Rohman hech narsa nozil qilgani yoʻq», dedilar.
Yaʼni, Alloh sizlarga vahiy tushirgani yoʻq, taʼlimotlar yuborgani yoʻq, dedilar. Ular yana:
«Sizlar faqat yolgʻon soʻzlamoqdasiz, xolos», dedilar».
Sizlarning Paygʻambarlik daʼvolaringiz yolgʻondan boshqa narsa emas, dedilar.
Shahar aholisining bu gaplari ularning Paygʻambarlar haqida qanchalik notoʻgʻri tasavvurda ekanlarini koʻrsatib turibdi. Ularning fikricha, Allohdan vahiy qabul qilib oladigan Paygʻambar qandaydir gʻayritabiiy boʻlishi kerak.
Oddiy odam boʻlsa, uning Paygʻambarligi qayerda qoldi? Oddiy odamga qanday qilib Allohdan biror narsa tushadi. Bu ish hech mumkin emas. Ana shunday mulohazalardan kelib chiqib, qaysi bir odam «Men Paygʻambarman, menga Allohdan vahiy tushdi» desa, yolgʻon gapirgan boʻladi, deydilar. Ular ushbu tasavvurlari tufayli oddiy haqiqatni–Allohdan keladigan vahiy, ilohiy kitoblar va taʼlimotlar, din, shariat, hammasi oddiy odamlarga qaratilganini unutib qoʻyganlar. Shuning uchun ham, Paygʻambarlik odamlar ichidan eng munosib topilganiga yuboriladi. Agar risolat gʻayritabiiy maxluqotlarga atalganida, oʻshalarning vakiliga nozil qilingan boʻlar edi. Alloh taolo bandalariga yuboradigan dinida shubha, gʻayritabiiylik, odatdan tashqari holatlar va gʻaroyibliklar boʻlishini istamaydi. Maqsad odamlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatishdir, shuning uchun hamma narsa ochiq-oydin, oson, yengil boʻlishi kerak. Bu narsa, avvalambor, dinga asoschi etib tanlangan Paygʻambar shaxsida koʻrinishi kerak. Shuning uchun ham, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlari ochiq-oydin, hech bir toʻsiqsiz, anglashilmovchiliksiz oʻtgan. Dunyoda hech bir odamning hayoti u zot sollallohu alayhi vasallamning hayotlarichalik hammaning koʻz oʻngida ochiq- oydin boʻlmagan. Oyatda hikoya etilayotgan shahar aholisi ham oʻzlariga kelgan Paygʻambarlarning oddiy basharligidan ajablanib, ularni inkor qilmoqdalar. Nozil boʻlgan vahiyni rad etmoqdalar hamda ularni yolgʻonchiga chiqarmoqdalar.
Endi Paygʻambarlar ularga qattiqroq gap aytdilar, Allohni oʻrtaga qoʻyib: