قَالُوٓا۟ إِنَّا تَطَيَّرْنَا بِكُمْ ۖ لَئِن لَّمْ تَنتَهُوا۟ لَنَرْجُمَنَّكُمْ وَلَيَمَسَّنَّكُم مِّنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Biz sizlardan badgumon bo`ldik. Agar to`xtamasangiz, sizni albatta toshbo`ron qilurmiz va sizga bizdan alamli azob yetadir», dedilar.Улар: «Биз сизлардан бадгумон бўлдик. Агар тўхтамасангиз, сизни албатта тошбўрон қилурмиз ва сизга биздан аламли азоб етадир», дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Haqiqatan, bizlar sizlar haqingizda badgumondamiz. Qasamki, agar (bu soʻzlaringizni) toʻxtatmasangizlar, albatta sizlarni toshboʻron qilurmiz va sizlarga biz tomondan bir alamli azob yetar».Улар дедилар: «Ҳақиқатан, бизлар сизлар ҳақингизда бадгумондамиз. Қасамки, агар (бу сўзларингизни) тўхтатмасангизлар, албатта сизларни тошбўрон қилурмиз ва сизларга биз томондан бир аламли азоб етар».
Barcha kofirlarning odati shu. Aql-idrok va mantiq bobida oqsab qolganlaridan keyin doʻq-poʻpisaga oʻtadilar. Ular:
«Biz sizlardan badgumon boʻldik», dedilar.
Allohga ibodat qil, degan odamdan badgumon boʻldilar. Toʻgʻri yur, toʻgʻri tur, degan odam haqida yomon gumon qildilar. Harom- xarish yurma, zulm va gunoh qilma, degan odamdan badgumon boʻldilar. Iymonli boʻlsang, bu dunyoyu u dunyo baxtiga erishasan, degan odam xususida badgumonlik qildilar. Bu esa, oʻz navbatida, Allohning yoʻliga chaqiruvchilardan, harom-xarish yurma, zulm va gunoh qilma, degan odamlardan, iymonli boʻlsang, bu dunyoyu u dunyo baxtiga yetishasan, deganlardan badgumon boʻlishlarini ham anglatadi. Shuningdek, Allohning yoʻliga daʼvat etuvchilardan badgumon boʻluvchilarning qanchalik pastkash odamlar ekanini ham bildiradi.
«Agar toʻxtamasangiz, sizni albatta toshboʻron qilurmiz...»
Yaʼni, agar Allohga iymon keltirishga daʼvat qilishdan toʻxtamasangiz, albatta, sizni toshboʻron qilamiz.
Agar yaxshi amallarga daʼvat etishdan toʻxtamasangiz, albatta, sizlarni toshboʻron qilamiz.
Agar yomonlikdan qaytarishdan toʻxtamasangiz, albatta, sizlarni toshboʻron qilamiz.
Agar ikki dunyo saodatiga daʼvat qilishdan toʻxtamasangiz, albatta, sizlarni toshboʻronga tutamiz.
Kofirlik qanchalik pastkashlik ekanini shulardan ham bilib olsa boʻladi.
«... va sizga bizdan alamli azob yetadir», dedilar.»
Sizga, ey Paygʻambarlar, biz kofirlardan alamli azob yetadi, dedilar.
Sizga, ey, iymonga chaqiruvchilar, bizdan–kufrda mahkam turib oluvchilardan alamli azob yetadi, dedilar.
Ularning bu gaplariga Paygʻambarlar ham yetarli javob qaytardilar.