قَالُوا۟ طَـٰٓئِرُكُم مَّعَكُمْ ۚ أَئِن ذُكِّرْتُم ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ مُّسْرِفُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Badgumonligingiz o`zingiz bilan. Sizga eslatma berilganigami?! Yo`q! Siz o`zingiz isrofchi qavmsiz», dedilar.Улар: «Бадгумонлигингиз ўзингиз билан. Сизга эслатма берилганигами?! Йўқ! Сиз ўзингиз исрофчи қавмсиз», дедилар.Alauddin Mansour: (Elchilar) aytdilar: «Badgumoningiz oʻzlaringiz bilandir (yaʼni, bizlardan emas, balki oʻzlaringizning kufrlaringizdan badgumon qilinglar). Sizlarga vaʼz-nasihat qilinsa,(qabul qilish oʻrniga badgumonda boʻlib doʻq-poʻpisa qilurmisiz)?! Yoʻq, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!»(Элчилар) айтдилар: «Бадгумонингиз ўзларингиз биландир (яъни, бизлардан эмас, балки ўзларингизнинг куфрларингиздан бадгумон қилинглар). Сизларга ваъз-насиҳат қилинса,(қабул қилиш ўрнига бадгумонда бўлиб дўқ-пўписа қилурмисиз)?! Йўқ, сизлар ҳаддан ошган қавмдирсиз!»
Yomonlarning yaxshilikdan badgumon boʻlishi bilan yaxshilik yomonga aylanib qolmaydi. Yaxshilikdan badgumon boʻlishning oʻzi yomonlik. Yomonlik ustiga yomonlik. Shuning uchun ham, shahar aholisining «Biz sizlardan badgumon boʻldik» degan gaplariga Paygʻambarlar munosib javob qaytardilar. Ular: «Badgumonligingiz oʻzingiz bilan», dedilar. Sizning badgumonligingizning bizga aloqasi yoʻq. Siz oʻzi nima uchun badgumon boʻlmoqdasiz? «Sizga eslatma berilganigami?!» Ey odamlar, oʻzingizni yaratgan xoliq Alloh taoloni eslang, deyilganigami?! Ey odamlar, bu dunyoda iymon keltirib, yaxshi amallarni qilib yashash lozimligini eslang, deyilganigami?! Ey odamlar, bu dunyoda kofir boʻlish, yomonlik qilish foyda keltirmasligini eslang, deyilganigami?! «Yoʻq! Siz oʻzingiz isrofchi qavmsiz.» Haddan oshgan, hovliqqan qavmsiz, shuning uchun kofirligingizda turib olgansiz. Paygʻambarlar bilan shahar aholisi oʻrtasidagi tortishuv shu yerga yetganida: