QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят20

وَجَآءَ مِنْ أَقْصَا ٱلْمَدِينَةِ رَجُلٌ يَسْعَىٰ قَالَ يَـٰقَوْمِ ٱتَّبِعُوا۟ ٱلْمُرْسَلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shahar chetidan bir kishi shoshilib kelib: «Ey qavmim, yuborilgan Payg`ambarlarga ergashing!Шаҳар четидан бир киши шошилиб келиб: «Эй қавмим, юборилган Пайғамбарларга эргашинг!Alauddin Mansour: (Shu payt) bir kishi shaharning bir chekkasidan shoshgancha kelib, dedi: «Ey qavmim, bu elchilarga ergashinglar!(Шу пайт) бир киши шаҳарнинг бир чеккасидан шошганча келиб, деди: «Эй қавмим, бу элчиларга эргашинглар!

441-sahifa · 22-juz · 44-hizb441-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَآءَva keldiва келдиمِنْ-dan-данأَقْصَاchetiчетиٱلْمَدِينَةِshaharningшаҳарнингرَجُلٌۭbir kishiбир кишиيَسْعَىٰshoshilibшошилибقَالَdediдедиيَـٰقَوْمِey qavmimэй қавмимٱتَّبِعُوا۟ergashingэргашингٱلْمُرْسَلِينَyuborilgan Paygʻambarlargaюборилган Пайғамбарларга
TafsirТафсир

Shoshilib kelgan kishi shu shahar aholisidan ekaniga uning,

«Ey qavmim» degan soʻzi dalolat qilib turibdi. U aqlli, insofli va qavmi uchun kuyunchak ekan. Qavmining notoʻgʻri yoʻldan yurib, Paygʻambarlarga qarshi chiqqanlarini eshitishi bilan shaharning chekkasidan shoshib kelib, darhol:

«Ey qavmim, yuborilgan Paygʻambarlarga ergashing!» dedi.

Qavmini Alloh yuborgan Paygʻambarlarga shunchaki qarshilik koʻrsatmaslikka emas, balki ularga ergashishga, aytganlarini bajarishga ham daʼvat etmoqda. Soʻngra soʻzida davom etib: