QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят21

ٱتَّبِعُوا۟ مَن لَّا يَسْـَٔلُكُمْ أَجْرًا وَهُم مُّهْتَدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizdan ajr-haq so`ramaydigan, o`zlari hidoyatda bo`lgan shaxslarga ergashing!Сиздан ажр-ҳақ сўрамайдиган, ўзлари ҳидоятда бўлган шахсларга эргашинг!Alauddin Mansour: Oʻzlari hidoyatda boʻlgan va sizlardan biron ajr-mukofot soʻramaydigan zotlarga ergashinglar!»Ўзлари ҳидоятда бўлган ва сизлардан бирон ажр-мукофот сўрамайдиган зотларга эргашинглар!»

441-sahifa · 22-juz · 44-hizb441-саҳифа · 22-жуз · 44-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱتَّبِعُوا۟ergashingэргашингمَنkimsalargaкимсаларгаلَّاemasэмасيَسْـَٔلُكُمْsizdan soʻraydiganсиздан сўрайдиганأَجْرًۭاajr-haqажр-ҳақوَهُمva ularва уларمُّهْتَدُونَhidoyatdadirlarҳидоятдадирлар
TafsirТафсир

Bu Paygʻambarlar daʼvatlari uchun sizdan ajr-haq soʻramaydilar. Shuning oʻzi ham ularning haqligiga dalildir. Agar daʼvat tufayli biror narsaga erishmoq niyatlari boʻlganida, sizdan, albatta, ajr-haq soʻrar edilar.

«... oʻzlari hidoyatda boʻlgan shaxslarga ergashing!»

Yaʼni, daʼvatchilarning shaxsiga ham qaranglar. Bularning oʻzlari gaplariga munosib. Aytganlariga amal qilmoqdalar. Shunday kishilarga ergashmasangiz, boshqa kimga ergashasizlar.