وَمَا لِىَ لَآ أَعْبُدُ ٱلَّذِى فَطَرَنِى وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Menga nima bo`libdiki, o`zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin?! Ungagina qaytarilursizlar.Менга нима бўлибдики, ўзимни яратган Зотга ибодат қилмайин?! Унгагина қайтарилурсизлар.Alauddin Mansour: U aytdi: «Nega men oʻzimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? Sizlar ham (dunyodan oʻtgach) yolgʻiz Ungagina qaytarilursizlar.У айтди: «Нега мен ўзимни яратган Зотга ибодат қилмайин? Сизлар ҳам (дунёдан ўтгач) ёлғиз Унгагина қайтарилурсизлар.
Mening bunchalar kuyunayotganimga ajablanmanglar. Men moʻmin odamman, Allohga ibodat qiluvchi bir bandaman.
«Menga nima boʻlibdiki, oʻzimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin?!»
Barchani yaratgan Allohga ibodat qilishlik har bir bandaning burchidir. Men ham burchimni ado etib, oʻzimni yaratgan zotga ibodat qilaman. Agar Allohga ibodat qilmasam, demak menga nimadir boʻlgan. Yaratganga shukrki, menga hech narsa boʻlgani yoʻq, men Allohga ibodat qilmoqdaman. Sizlar ham:
«Ungagina qaytarilursizlar».
Shuning uchun, Unga iymon keltirishga, ibodat qilishga shoshilinglar!