ءَأَتَّخِذُ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةً إِن يُرِدْنِ ٱلرَّحْمَـٰنُ بِضُرٍّ لَّا تُغْنِ عَنِّى شَفَـٰعَتُهُمْ شَيْـًٔا وَلَا يُنقِذُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Men Uni qo`yib, boshqa ilohlar tutaymi?! Agar Rohman menga biror zararni iroda qilsa, ularning shafoati menga hech foyda bermas va ular meni qutqara olmaslar.Мен Уни қўйиб, бошқа илоҳлар тутайми?! Агар Роҳман менга бирор зарарни ирода қилса, уларнинг шафоати менга ҳеч фойда бермас ва улар мени қутқара олмаслар.Alauddin Mansour: Men U zotni qoʻyib (jonsiz butlarni) xudo qilib olaymi?! (Hargiz unday qilmasman, chunki) agar Rahmon menga biron ziyon yetkazishni istasa, u (but)larning oqlovlari meni biron narsadan behojat qila olmas va ular meni (Allohning azobidan) qutqara olmaslar.Мен У зотни қўйиб (жонсиз бутларни) худо қилиб олайми?! (Ҳаргиз ундай қилмасман, чунки) агар Раҳмон менга бирон зиён етказишни истаса, у (бут)ларнинг оқловлари мени бирон нарсадан беҳожат қила олмас ва улар мени (Аллоҳнинг азобидан) қутқара олмаслар.
Qani, ayting-chi, oʻzimni yaratgan zot turganda:
«Men Uni qoʻyib, boshqa ilohlar tutaymi?!»
Qoʻlidan hech ish kelmaydigan har xil boʻlar boʻlmas narsalarni oʻzimga xudo qilib olaymi?
«Agar Rohman menga biror zararni iroda qilsa, ularning shafoati menga hech foyda bermas...»
Agar Alloh taolo menga biror zarar yetkazishni xohlasa, u soxta xudolar hammalari toʻplanib ham, menga shafoatchilik qila olmaslar, ozgina boʻlsa ham, foyda yetkaza olmaslar. Bu narsa aniq va ravshan. Aqlli inson oʻziga zarar keltiradigan ishga qoʻl urmaydi. Allohdan boshqani iloh tutishim uchun aqldan ozgan boʻlishim kerak.
«...va ular meni qutqara olmaslar.»
Oʻsha soxta xudolar meni Alloh iroda qilgan zarardan qutqara olmaydilar. Shunday ekan, Allohni qoʻyib, ularni xudo qilib olishim gʻirt aqlsizlik boʻladi.