قِيلَ ٱدْخُلِ ٱلْجَنَّةَ ۖ قَالَ يَـٰلَيْتَ قَوْمِى يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Jannatga kir», deyildi. U: «Koshki, qavmim bilsalar edi.«Жаннатга кир», дейилди. У: «Кошки, қавмим билсалар эди.Alauddin Mansour: (Lekin johil qavm Habib an-Najjorning soʻzlariga quloq solmasdan uni qatl qilishgach, unga) «Jannatga kir», deyildi. (Allohning amri bilan jannatga kiritilib, u joydagi noz-neʼmat va izzat-ikromni koʻrgach), u aytdi: «Qani edi qavmim ham bilsalar edi,(Лекин жоҳил қавм Ҳабиб ан-Нажжорнинг сўзларига қулоқ солмасдан уни қатл қилишгач, унга) «Жаннатга кир», дейилди. (Аллоҳнинг амри билан жаннатга киритилиб, у жойдаги ноз-неъмат ва иззат-икромни кўргач), у айтди: «Қани эди қавмим ҳам билсалар эди,
Oʻsha moʻmin muxlis banda oʻlganidan keyin, unga:
«Jannatga kir», deyildi».
Iymoni va ixlosi tufayli Alloh taolo Oʻz fazli va karami ila u bandani jannatga hukm qildi. U banda jannatga kirib, nozu neʼmatlarni va izzat-ikromni koʻrishi bilan darhol qavmini esladi va:
«Koshki, qavmim bilsalar edi. Robbim meni magʻfirat etganini va ikrom qilinganlardan qilganini», dedi».
Robbim meni magʻfirat etdi. Robbim meni hurmatga sazovor boʻlganlar qatoridan qildi. Shu martabalarni qavmim bilsa edi,balki, tavba qilib, toʻgʻri yoʻlga tusharmidi, iymon yoʻlini tanlagan boʻlarmidi?
Endi qissaga xotima yasaladi: