QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят29

إِن كَانَتْ إِلَّا صَيْحَةً وَٰحِدَةً فَإِذَا هُمْ خَـٰمِدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa bo`lmadi. Birdan ular so`nib qoldilar.Фақат биргина қичқириқдан бошқа нарса бўлмади. Бирдан улар сўниб қолдилар.Alauddin Mansour: Faqat birgina dahshatli qichqiriq boʻldi-yu, banogoh ular «oʻchib» qoldilar (yaʼni birontalari ham qolmay halok boʻldilar).Фақат биргина даҳшатли қичқириқ бўлди-ю, баногоҳ улар «ўчиб» қолдилар (яъни биронталари ҳам қолмай ҳалок бўлдилар).

442-sahifa · 23-juz · 45-hizb442-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنemasэмасكَانَتْboʻldiбўлдиإِلَّاfaqatфақатصَيْحَةًۭqichqiriqқичқириқوَٰحِدَةًۭbirginaбиргинаفَإِذَاbirdanбирданهُمْularуларخَـٰمِدُونَsoʻnib qolguvchilardirсўниб қолгувчилардир
TafsirТафсир

Ortiqcha ishga yoʻl qoʻyilmay, u nobakor qavm halok etildi. Alloh taolo ularni azoblash uchun alohida azob farishtalaridan iborat lashkar tushirib ham oʻtirmadi. «Faqat birgina qichqiriqdan boshqa narsa boʻlmadi.» Alloh taoloning amri bilan ular ustiga bir qichqiriq keldi. «Birdan ular soʻnib qoldilar.» Yonib turgan hayot chiroqlari soʻndi. Oʻchib qolishdi. Oʻsha birgina qichqiriq bilan birdan soʻnishdi. Hollari shu ekan, hovliqib nima qilardilar. Qizigʻi shuki, ulardan oldingilar ham shunday holatga tushgan edilar, ammo ibrat olmadilar.