يَـٰحَسْرَةً عَلَى ٱلْعِبَادِ ۚ مَا يَأْتِيهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bandalarga hasratlar bo`lsin! Har qachon ularga Payg`ambar kelsa, uni faqat istehzo qilar edilar.Бандаларга ҳасратлар бўлсин! Ҳар қачон уларга Пайғамбар келса, уни фақат истеҳзо қилар эдилар.Alauddin Mansour: (Allohning elchilarini yolgʻonchi qilib, ularga ozor-aziyat yetkazadigan barcha) bandalarga hasrat-nadomat boʻlgay! Ularga biron paygʻambar kelmas, magar ular uning ustidan masxara qilib kulguvchi boʻlurlar.(Аллоҳнинг элчиларини ёлғончи қилиб, уларга озор-азият етказадиган барча) бандаларга ҳасрат-надомат бўлгай! Уларга бирон пайғамбар келмас, магар улар унинг устидан масхара қилиб кулгувчи бўлурлар.
Qadimdan shunday boʻlib kelgan. Qachon, qayerga, qaysi Paygʻambar kelsa, bandalardan maʼlum qismi oʻsha Paygʻambarlarni masxara qilishga kirishar edi.