QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят31

أَلَمْ يَرَوْا۟ كَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّنَ ٱلْقُرُونِ أَنَّهُمْ إِلَيْهِمْ لَا يَرْجِعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Axir, ular o`zlaridan oldingi qancha asrlarni halok etganimizni va, albatta, o`shalar ularga qaytmasliklarini ko`rmaydilarmi?!Ахир, улар ўзларидан олдинги қанча асрларни ҳалок этганимизни ва, албатта, ўшалар уларга қайтмасликларини кўрмайдиларми?!Alauddin Mansour: Axir ular oʻzlaridan ilgari ham qancha asrlarni (avlodlarni) halok qilganimizni — oʻshalar ularning oldiga (yaʼni, bu dunyoga) qaytib kelmasliklarini koʻrmadilarmi?!Ахир улар ўзларидан илгари ҳам қанча асрларни (авлодларни) ҳалок қилганимизни — ўшалар уларнинг олдига (яъни, бу дунёга) қайтиб келмасликларини кўрмадиларми?!

442-sahifa · 23-juz · 45-hizb442-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmi?!эмасми?!يَرَوْا۟ular koʻradilarулар кўрадиларكَمْqanchaқанчаأَهْلَكْنَاhalok etganimizniҳалок этганимизниقَبْلَهُمulardan oldinулардан олдинمِّنَ-dan-данٱلْقُرُونِasrlarасрларأَنَّهُمْalbatta, oʻshalarалбатта, ўшаларإِلَيْهِمْulargaуларгаلَاemasэмасيَرْجِعُونَqayturlarқайтурлар
TafsirТафсир

Axir, koʻzlarini ochib qaramaydilarmi? Qarab koʻrsinlar, axir? Oʻtgan asrlarda qanchadan-qancha kofirlarni halok qilganimizni bilmaydilarmi? Ana oʻshalarning hammasi yoʻq boʻlib ketdi. Endi ularning huzuriga qaytib kela olmasliklarini ham bilmaydilarmi? Lekin bu degani, ular tamoman unutildilar, chirib, tuproqqa qoʻshilib ketdilar, shu bilan hammasi tamom boʻldi, degani emas.