QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят33

وَءَايَةٌ لَّهُمُ ٱلْأَرْضُ ٱلْمَيْتَةُ أَحْيَيْنَـٰهَا وَأَخْرَجْنَا مِنْهَا حَبًّا فَمِنْهُ يَأْكُلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular uchun o`lik yer oyat-(belgi)dir. Biz uni tiriltirdik va undan don chiqardik. Bas, undan yerlar.Улар учун ўлик ер оят-(белги)дир. Биз уни тирилтирдик ва ундан дон чиқардик. Бас, ундан ерлар.Alauddin Mansour: Oʻlik-quruq yer ular uchun (qayta tirilish haq ekaniga) bir oyat-alomatdir — Biz uni (suv bilan) tiriltirdik va undan (turli) don-dunni undirib chiqardik. Bas, ular oʻsha (don)dan yerlar.Ўлик-қуруқ ер улар учун (қайта тирилиш ҳақ эканига) бир оят-аломатдир — Биз уни (сув билан) тирилтирдик ва ундан (турли) дон-дунни ундириб чиқардик. Бас, улар ўша (дон)дан ерлар.

442-sahifa · 23-juz · 45-hizb442-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَءَايَةٌۭva oyat-belgidirва оят-белгидирلَّهُمُular uchunулар учунٱلْأَرْضُyerерٱلْمَيْتَةُoʻlikўликأَحْيَيْنَـٰهَاuni tiriltirdikуни тирилтирдикوَأَخْرَجْنَاva chiqardikва чиқардикمِنْهَاundanунданحَبًّۭاdonдонفَمِنْهُbas, undanбас, унданيَأْكُلُونَyerlarерлар
TafsirТафсир

Oʻlgandan keyin qayta tirilishni inkor qilayotganlar «...uchun oʻlik yer oyat(belgi)dir». Hayotdan asar ham boʻlmagan qurib-qaqshab yotgan yerga osmondan yomgʻir yogʻdirib «...uni tiriltirdik...» Suv tushirganimizdan keyin yer tirilib, nafas ola boshladi. Unda oʻsimliklar oʻsishiga imkon ham tugʻildi. «...va undan don chiqardik.» Oʻsha oʻlik yerni tiriltirib, don chiqardik. Bu don uning tirilganining alomatidir. Oʻlgandan keyin qayta tirilishni inkor qilayotganlar, «Bas, undan yerlar». Ular hach boʻlmasa, oʻzlari yeb turgan narsalar oʻlik yer qayta tiriltirilganidan keyin yetishganini oʻylasalar, oʻzlari ham qayta tirilishlariga ishonar edilar.