QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят40

لَا ٱلشَّمْسُ يَنۢبَغِى لَهَآ أَن تُدْرِكَ ٱلْقَمَرَ وَلَا ٱلَّيْلُ سَابِقُ ٱلنَّهَارِ ۚ وَكُلٌّ فِى فَلَكٍ يَسْبَحُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Na quyoshning oyga yetib olmog`i durust bo`lar va na kecha kunduzdan o`zib ketar. Har biri falakda suzib yurar.На қуёшнинг ойга етиб олмоғи дуруст бўлар ва на кеча кундуздан ўзиб кетар. Ҳар бири фалакда сузиб юрар.Alauddin Mansour: Na quyosh uchun oyga yetish mumkin boʻlur va na kecha kunduzdan oʻzguvchidir. (Quyosh, oy va yulduzlarning) barchalari falakda suzib yurur.На қуёш учун ойга етиш мумкин бўлур ва на кеча кундуздан ўзгувчидир. (Қуёш, ой ва юлдузларнинг) барчалари фалакда сузиб юрур.

442-sahifa · 23-juz · 45-hizb442-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَاemasэмасٱلشَّمْسُquyoshқуёшيَنۢبَغِىdurust boʻlarдуруст бўларلَهَآuning uchunунинг учунأَن-mogʻi-моғиتُدْرِكَyetib olmogʻiетиб олмоғиٱلْقَمَرَoygaойгаوَلَاva emasва эмасٱلَّيْلُkechaкечаسَابِقُoʻzib ketguvchiўзиб кетгувчиٱلنَّهَارِ ۚkunduzdanкундузданوَكُلٌّۭva har biriва ҳар бириفِى-da-даفَلَكٍۢfalakфалакيَسْبَحُونَsuzib yurarlarсузиб юрарлар
TafsirТафсир

Hech qachon quyosh oyga yetib olib, bemahalda bosh koʻtarib qolishi mumkin emas. Ulardan har biri faqat Alloh belgilagan vaqtdagina chiqadi. Bu nizom hatto daqiqalarigacha aniqdir. Undan kech ham qolmaydi, ilgari ham ketmaydi. Ayni tayin qilingan vaqtidagina chiqadi. Bu jarayon dunyo bunyod boʻlganidan buyon davom etib kelmoqda. Biron marta biron daqiqaga oʻzgargan emas. Ushbu jarayonni taqdir qilgan Zot oʻliklarni qayta tiriltirishga qodir emasmi?!

«...va na kecha kunduzdan oʻzib ketar.»

Biron marta kechasi kunduzdan oʻzib ketgan emas. Yil–oʻn ikki oyning har tuni qachon boshlanib, qachon tamom boʻlishi, kuni qachon boshlanib, qachon poyoniga yetishi daqiqasigacha aniq. Dunyo bunyod boʻlganidan beri bu jarayon hech oʻzgarmay davom etib kelmoqda. Shu qoidani taqdir qilgan Zot oʻliklarni qayta tiriltira olmaydimi?!

Osmondagi quyosh, oy va boshqa sayyoralarning

«har biri falakda suzib yurar».

Bu ham Allohning biru borligiga, har bir narsaga qodirligiga, jumladan, oʻliklarni qayta tiriltira olishiga oyat-belgidir. Barcha insonlar bularning hammasidan xulosa chiqarib, Allohga iymon keltirishlari, oʻlgandan keyin qayta tiriladigan kunning tayyorgarligini koʻrishlari kerak.

Endi Allohning borligiga, vahdoniyatiga, hamma narsaga qodir ekaniga dalil qilib, suvdagi baʼzi oyat-belgilar zikr etiladi: