QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят41

وَءَايَةٌ لَّهُمْ أَنَّا حَمَلْنَا ذُرِّيَّتَهُمْ فِى ٱلْفُلْكِ ٱلْمَشْحُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular uchun Biz ularning nasllarini to`la kemada ko`targanimiz ham bir oyat(belgi)dir.Улар учун Биз уларнинг наслларини тўла кемада кўтарганимиз ҳам бир оят(белги)дир.Alauddin Mansour: Biz ularning avlod-zurriyotlarini (Nuh paygʻambar bilan birga odamlar va turli jonivorlarga) toʻla kemada koʻtarganimiz (va toʻfon balosidan najot berganimiz) ular uchun (Bizning qudratimizni koʻrsatadigan) yana bir oyatdir.Биз уларнинг авлод-зурриётларини (Нуҳ пайғамбар билан бирга одамлар ва турли жониворларга) тўла кемада кўтарганимиз (ва тўфон балосидан нажот берганимиз) улар учун (Бизнинг қудратимизни кўрсатадиган) яна бир оятдир.

443-sahifa · 23-juz · 45-hizb443-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَءَايَةٌۭva bir oyat-belgidirва бир оят-белгидирلَّهُمْular uchunулар учунأَنَّاBizningБизнингحَمَلْنَاkoʻtarganimizкўтарганимизذُرِّيَّتَهُمْularning nasllariniуларнинг насллариниفِى-da-даٱلْفُلْكِkemaкемаٱلْمَشْحُونِtoʻlaтўла
TafsirТафсир

Bu oyatda insoniyat toʻfon balosidan Nuh alayhissalomning kemasida najot topgani eslatilmoqda. Butun inson nasli qutqarib qolingani taʼkidlanmoqda. Toʻfon balosi bilan butun olamni halok etish iroda qilingan edi. Shunday boʻldi ham. Hamma jonzot halok boʻldi. Faqat, Alloh taoloning amri ila Nuh alayhissalom yasagan kemaga chiqqanlargina qolib, oʻshalardan inson nasli yana qaytadan tarqaldi. Demak, insoniyat deyarli bir bor yoʻqolib, yana yangidan taraldi. Shunday ishlarga qodir boʻlgan Zot oʻliklarni qayta tiriltira olmaydimi?!