وَخَلَقْنَا لَهُم مِّن مِّثْلِهِۦ مَا يَرْكَبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Biz ular uchun unga o`xshash minadigan narsalarni xalq qildik.Ва Биз улар учун унга ўхшаш минадиган нарсаларни халқ қилдик.Alauddin Mansour: Yana Biz ular uchun xuddi Oʻsha (kemaga) oʻxshash (boshqa) minadigan narsalarini (yaʼni, katta-kichik kemalarni) ham yaratdik.Яна Биз улар учун худди Ўша (кемага) ўхшаш (бошқа) минадиган нарсаларини (яъни, катта-кичик кемаларни) ҳам яратдик.
Yaʼni, Biz odamlarga miniladigan kemaga oʻxshash boshqa narsalarni ham yaratdik. Ularga ulov boʻla oladigan salohiyatli xususiyatlarni berdik. Shuning oʻzi ham odamlar uchun Allohning biru borligiga, har bir narsaga qodirligiga, jumladan, oʻlganlarni qayta tiriltira olishiga oyat-belgidir.