QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ya-Sin surasi · Oyatсураси · Оят60

۞ أَلَمْ أَعْهَدْ إِلَيْكُمْ يَـٰبَنِىٓ ءَادَمَ أَن لَّا تَعْبُدُوا۟ ٱلشَّيْطَـٰنَ ۖ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Men sizlarga: «Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmang, albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.Мен сизларга: «Эй, Одам болалари, шайтонга ибодат қилманг, албатта, у сизга очиқ-ойдин душмандир.Alauddin Mansour: Men sizlarga «Ey Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq dushmandir.Мен сизларга «Эй Одам болалари, шайтонга ибодат қилмангиз, чунки у сизларга очиқ душмандир.

444-sahifa · 23-juz · 45-hizb444-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ أَلَمْemasmi?!эмасми?!أَعْهَدْamr qilgan edimамр қилган эдимإِلَيْكُمْsizlargaсизларгаيَـٰبَنِىٓey bolalariэй болалариءَادَمَOdamОдамأَنdebдебلَّاemasэмасتَعْبُدُوا۟ibodat qilingибодат қилингٱلشَّيْطَـٰنَ ۖshaytongaшайтонгаإِنَّهُۥalbatta, uалбатта, уلَكُمْsizgaсизгаعَدُوٌّۭdushmanдушманمُّبِينٌۭochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Oʻsha ajratilayotgan jinoyatchilarga–kofir va gunohkorlarga qarab Alloh taolo quyidagi itob soʻzlarni aytadi:

«Men sizlarga: «Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmang...» deb amr qilmagan edimmi?!

Shaytonga ergashmang, deb aytmagan edimmi?! Aytgan edim. Ammo siz shaytonga ergashdingiz.

«...albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir», deb aytmagan edimmi?!

Aytgan edim. Mana, endi uning sizga ochiq dushmanligi ayon boʻldi. Unga ibodat qilib, holingiz voy boʻldi.

«Va Menga ibodat qiling, mana shu toʻgʻri yoʻldir», deb amr qilmagan edimmi?!

Qilgan edim. Ammo siz Menga ibodat qilmadingiz. Toʻgʻri yoʻlga yurmadingiz. Mana, oqibati nima boʻldi endi?!